Klara Jumamuratova

(1961-yil, 27- iyul, Urganch, Xorazm, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputati

Klara Shaxnazarovna Jumamuratova — (1961-yil, 27- iyul, Urganch, Xorazm, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputati[1].

Klara Jumamuratova
Tavalludi 27-iyul 1961-yil
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi deputat
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Tarjimayi holi

tahrir

Klara Jumamuratova 1961-yil 27-iyulda Xorazm viloyati Urganch shahrida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. 1985-yil Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutini tugatgan. Dastlabki mehnat faoliyatini 1985-yil Xorazm trikotaj ishlab chiqarish birlashmasida muhandis sifatida boshlagan. U 1987-yildan shu korxonada bosh muhandis sifatida faoliyat yuritgan. 1996-yil korxona xususiylashtiriladi va Klara Jumamuratova ushbu korxona asoschilaridan biri sifatida boshqaruv kengashi raisi etib saylanadi. Ushbu korxona 1998-yildan daromad keltira boshladi va natijada 400 ta ish oʻrni yaratildi. 1999-yilga kelib korxona Germaniyaning „Pfaff Singer“ kompaniyasidan zamonaviy tikuv uskunalarini sotib oladi va buning natijasida qoʻshimcha 100 ta ishchi oʻrni tashkil etiladi. Ushbu korxona faoliyati 1996—2004-yillarda sezilarli darajada oʻsdi. 2001-yilda Xitoy tadbirkorlari bilan umumiy bitim tuzilib, yangi investitsiyalar toʻgʻridan-toʻgʻri jalb qildi. Shartnoma natijasida „Osiyo tekstil“ qoʻshma korxonasiga trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zamonaviy asbob-uskunalar sotib olinib oʻrnatildi[2].

Mehnat faoliyati

tahrir

Klara Jumamuratova koʻp yillar mobaynida ushbu sohaning sir-asrorlarini puxta oʻrgandi. Shuning natijasida 2004, 2009, 2014-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputati, Sanoat, qurilish va sanoat qoʻmitasi aʼzosi boʻldi. Klara Jumamuratova oʻz tajribasiga tayangan holda biznes boshqaruvi toʻgʻrisidagi qonunlarni ishlab chiqish va biznesni rivojlantirishda oʻz takliflarini berib kelmoqda.

Mukofotlari

tahrir

Klara Jumamuratova 2002-yil „Mehnat shuhrati“ ordeni, „O’zbekiston mustaqilligiga 15 yil“, „O’zbekiston mustaqilligiga 20 yil“, „O’zbekiston mustaqilligiga 25 yil“ estalik hamda „O’zbekiston konstitutsiyasiga 25 yil“ koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir
  1. „Клара ЖУМАМУРАТОВА: Тадбиркорлар учун яратилаётган имкониятлар янада кенгаймоқда“. 2022-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-sentyabr.
  2. Jovliyev I, Yaxshiboyeva U, Arzikulova D, Hasanova L. Oʼzbekiston ayollari. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019 — 224-bet. ISBN 978-9943-07-694-5.