Klarion musiqa asbobi
Klarion (Clarion — lotincha soʻzdan olingan) — gorn, truba yoki surnay kabi yuqori chastotali tovushlarni chiqaradigan choʻzinchoq mis puflama cholgʻusining anʼanaviy nomi.
Bu, shuningdek, Oʻrta asrlar va Uygʻonish davridagi truba tipidagi mis cholgʻu asboblarining umumiy nomi. „Klarion“ deb nomlangan asbob zamonaviy trubaga oʻxshash S shaklidagi cholgʻu boʻlib, lekin kengligi kamroq, devorlari qalinroq va ogʻir munshtukli boʻlgan. Birinchi marta XIV asrda paydo boʻlgan. Egilgan trubali asbob „klarion“ va tekis trubali asbob tromba („tromba“ yoki truba) deb atalgan. Klarion boshqa asboblar bilan hamohang yaxshi ovoz balansini saqlab turar edi.
Etimologiyasi
tahrir"Clarion" soʻzi lotincha soʻzlar — „clario“ (truba) ot, „clarus“ (yorqin yoki tiniq) sifati va „claro“ (tozalash) feʼlidan kelib chiqqan.
Yevropada ushbu turdagi asbob uchun standart nom yoʻq edi, ammo shunga oʻxshash soʻzlar koʻp edi:
- Fransiyada „clairin“, „clarin“, „clerain“, „clerin“, „clairon“, „claroncel“ va „claronchiel“, garchi Clairon eng keng tarqalgan soʻzga aylangan;
- Angliyada u „claro“, „clario“, „clarone“, „clarasius“, „clarioune“, „claryon“ va „clarion“ deb nomlangan;
- Ispaniyada: „clarín“ va „clarón“;
- Italiyada: „chiarina“, „chiarino“ va „klaretto“ va 1600-yilda „clarino“ yoki „chlarino“ nomi bilan;
- Germaniyada: „clareta“, XVI asr oʻrtalarida „clarin“[1] nomi bilan atala boshlandi.
Musiqadagi boshqa maʼnolari
tahrirMusiqadagi truba, klarnet yoki organ kabi asboblarning yuqori pardasi ham klarion deb ham ataladi.
Manbalar
tahrir- ↑ Dahlqvist, Reine, and Edward H. Tarr. "Clarino, " Grove Music Online