Klementin keksi, asosan, klementindan tayyorlanadigan shirinlik turi. U shirin sir yoki sous, shakar kukuni, asal va klementin yoki shirali klementindan tayyorlanilishi mumkin. Sefarad oshxonasiga mansub apelsin tortiga oʻxshab ketadi. OAVda bu shirinlik 2013-yilda The Secret Life of Walter Mitty filmida koʻrsatilgan.

Klementin keksi

Klementin kupkkeyki
Turi Keks
Asosiy komponentlari Klemantin mevasi va boshqa ingredientlar

Keks baʼzan klementin poʻsti, urugʻlari va yoki mevani butunligicha qoʻshgan holatda tayyorlanadi.

Joyce Goldstein taomni klassik taom deb atagan. Sydney Morning Herald uni mashhurligi xususida gapirgan.

Masalliqlari

tahrir

Klementin keksi klementin, maydalangan bodom, un, shakar, sariyogʻ va tuxumdan tayyorlanadi. Qoʻshimcha qoʻshiladigan masalliqlarga: apelsin sharbati, muskat, sut, oq shirin sharob yoki Risling sharobi, apelsin yoki mandarin efir moyi (yoki ikkalasi), bodom va vanil ekstrakti kiradi. Ulardan foydalanmasdan ham keksni tayyorlash mumkin.

Tayyorlanishi

tahrir

Keks xamiri aralashtirib, unga klementin va/yoki boʻlaklarga boʻlingan klementin poʻstlogʻi qoʻshib tayyor holatga keltiriladi. Klementinning urugʻi va poʻstlogʻi tayyorlash jarayonida olib tashlanishi mumkin. Toʻgʻralgan, shuningdek poʻsti bor boʻlgan[1][2] yoki tozalangan klementinlarni butun holicha keksga qoʻshish mumkin. Klementinlar tort xamiriga uni pishirishdan oldin qoʻshiladi. Mevalarni maydalash yoki blender yordamida boʻtqa holiga keltirish ham mumkin. Shakar qoʻshilgan klementinlar pirojnoy ustiga qoʻyilishi yoki shunchaki shirinlikka qoʻshimcha sifatida beriladi. Keksga qoʻshiladigan bodom qovurilgan boʻlishi tavsiya qilinadi.

Klementin keksi shakar yoki shokoladli sir yoki shokolad sousi, shakar kukuni yoki asal kabi shirin masalliqlar bilan bezatilishi mumkin. Klementin torti u qadar quruq boʻlmaydi[1][2], va uning taʼmi tayyorlangandan bir kun yoki undan koʻproq vaqt oʻtgach yaxshilanishi mumkin[3]. Chunki masalliqlar aralashib, uning taʼmini yaxshilaydi. Tayyorlanganidan keyin uni uzoqroq vaqt davomida saqlab turish uchun muzlatkichda saqlash tavsiya qilinadi.

Turlari

tahrir

Bundan tashqari uni teskari tort koʻrinishida ham tayyorlash mumkin.

Tarixi

tahrir
 
Butun, tozalangan, ikkiga boʻlingan va kesilgan klementinlar

Klementin keksi Sefarad apelsin keksidan ilhomlangan holda tayyorlangan boʻlishi mumkin. Sefarad yahudiylari 15-asrda Oʻrta yer dengizi mintaqasida sitrus mevalarni yetishtirishni va shirinliklarni tayyorlashda apelsindan foydalanishni ommalashtirgan.

The Guardian gazetasi uchun yozilgan maqolada, Claudia Roden uni sefaradliklarning Fisih bayramida tayyorlanadigan taomi sifatida taʼriflagani aytilgan[4][5].

Tan olinishi va ahamiyati

tahrir

San Francisco Chronicle nashriga koʻra, Joyce Goldstein shirinlikni „klassik yahudiy-ispan keksi“ deb atagan[3]. 2020-yilda Sydney Morning Herald nashrida chiqqan maqolada Jill Dupleix shirinlikni „hozirgi kunda mashhur boʻlgan, unsiz tayyorlanadigan Sefarad keksi“ deb atagan[6]. Nigella Louson Rodenning retseptini „ajoyib“[7] deb tariflagan.

Klementin torti 2013-yilgi The Secret Life of Walter Mitty filmining syujetida namoyish etilgan, hamda filmning boshlanish sahnasida va boshqa bir nechta sahnalarda koʻrsatilgan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Perelman. „Clementine Cake“. Smitten Kitchen (2009-yil 13-yanvar).
  2. 2,0 2,1 Hodgson. „Claudia Roden's Orange and Almond Cake Recipe“ (en-US). NYT Cooking (2023-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
  3. 3,0 3,1 Gold, Amanda. „Sephardic Orange & Almond Cake for Passover“. San Francisco Chronicle (2018-yil 18-yanvar).
  4. Roden, Claudia. „Claudia Roden's recipe for orange and almond cake“ (en-GB). The Guardian (2022-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
  5. Kramer, Jane (2007-08-27). „Claudia Roden's Spice Routes“. The New Yorker (ingliz (Amerika)). ISSN 0028-792X. Qaraldi: 2024-04-13.
  6. Dupleix. „Orange and almond cake“ (en). Sydney Morning Herald (2020-yil 17-mart). Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
  7. „Clementine Cake“ (en). Nigella.com. Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir