Koʻkorol chiroqlari

oʻzbek yozuvchisi Hakim Nazir qalamiga mansub qissa
(Koʻkorol chirogʻlaridan yoʻnaltirildi)

„Koʻkorol chiroqlari“, baʼzan „Koʻkorol chirogʻlari“ deb yoziladi — oʻzbek yozuvchisi Hakim Nazir qalamiga mansub qissa. Ilk bor 1954-yil chop etilgan. 1958-yil qayta ishlanib, „Soʻnmas chiroqlar“ nomi bilan nashr qilingan. Asarni A. Udalova rus tiliga tarjima qilgan.[1]

Koʻkorol chiroqlari
Muallif(lar) Hakim Nazir
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i qissa
Nashriyot Oʻzbekiston SSR davlat nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1954

Qissada mehnat jarayonida yoshlar xarakterida ishchanlik, tashabbuskorlik, uyushqoqlik, rostgoʻylik kabi ijobiy fazilatlarning shakllanishi tasvirlangan. Asarda Sovet Ittifoqi mafkurasiga mos ravishda sotsializm va kollektiv mehnat olqishlangan.

Nashrlar

tahrir

Qissa ilk bor 1954-yil Toshkent shahrida Oʻzbekiston SSR davlat nashriyotida chop etilgan. Mazkur nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Yu. Shamsharov – muharrir, A. Venediktov - rassom, F. Raxmatullin – texnik muharrir, Sh. Qoʻshboyeva – musahhih. Adadi – 30 000 nusxa.

Qissa 1958-yil qayta ishlanib, „Soʻnmas chiroqlar“ nomi bilan nashr qilingan.

Manbalar

tahrir
  1. „Koʻkorol chiroqlari“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 10-noyabr.