Koʻzning episkleral qatlami
Episklera (lot. lamina episcleralis) — sklera (koʻzning oqsil pardasi)ning tashqi qatlami[1]. U fibroz, elastik toʻqimalardan iborat boʻlib, Tenon kapsulasiga yopishadi[1].
Bulbar konyunktiva va sklera oʻrtasida 2 qavat tomirlar (yuzaki va chuqur episkleral tomirlar)dan tashkil topgan qon tomir chigali mavjud.
Klinik ahamiyati
tahrirEpisklerit yaʼni episkleral qavatning yalligʻlanishida episklera va Tenon kapsulasi yalligʻlanish hujayralari bilan infiltratsiyalanadi.