Ko‘li-cho‘r bitiktoshi
Ko‘li-cho‘r bitiktoshi — Mongoliyaning Ixe-Xushotu degan joyidan topilgan obida. Ko‘li-cho‘r sharafiga qayta tiklangan bo‘lib, matni ko‘k turk xatidadir. Ko‘li-cho‘r Ikkinchi turk xoqonligi davrida yashab o‘tgan mashhur kishilardan. Uning oti mazkur yodgorlikdan tashqari Xo‘yto — Tamir va Bilga xoqon bitiklarida ham tilga olinadi. Yodgorlikdagi yozuv toshning uch tomoniga bitilgan bo‘lib, g‘arbga qaragan yuzida 12 qator, sharqqa qaragan yuzida 13 qator, janubga qaragan yuzida 4 qator, jami 29 qatordan iborat. Toshdagi bitikka ancha shikast yetgan, shuning uchun matnni boshdan oxir to‘liq tiklashning imkoni yo‘q. Bitiktoshning tiklangan sanasi aniq emas. Shunday bo‘lsa-da bitikda Ko‘li-cho‘rning To‘nyuquq davrida yashab, saksonga kirib, dunyodan o‘tgani qayd etilgan[1][2].
Manbalar
tahrir- ↑ S.E.Malov. Mo`g`iliston va Qirg`izistondagi qadimgi turkiy yozuv yodgorliklari, 1959.
- ↑ Qosimjon Sodiqov. Eski o`zbek yozma adabiy tili. Toshkent: Kademnashr — 31 - 32-bet.