Koagulogramma
Koagulogramma – bu qon ivish tizimining faoliyatini baholashda foydalaniluvchi laboratoriya tekshiruvi hisoblanadi. Odatda, test operatsiya amakiyotidan avval oʻtkaziladi. Bundan tashqari, ushbu tekshirish usuli homilador ayollar va yurak-qon tomir kasalliklari, qon ivish tizimining patologiyalari va yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorlar uchun ham tavsiya etiladi[1].
Quyidagi holatlarda koagulogramma oʻtkazish zarur hisoblanadi. Bular:
- takroriy abortlar;
- jigar faoliyatining buzilishi;
- varikoz tomirlari;
- yurak xuruji;
- insult;
- anemiya;
- ogʻir hayzli qon ketish;
- glyukokortikosteroidlar yoki ogʻiz kontratseptivlaridan uzoq muddatli foydalanish.[2]
Koagulogramma oʻtkazishdan avval qilinishi kerak boʻlgan ishlar:
- yogʻli ovqatlardan voz kechish;
- chekish va spirtli ichimliklarni tashlash;
- jismoniy faoliyatni cheklash;
- stress, ortiqcha ish, psixo-emotsional stressdan qochish;
- antikoagulyantlar, NSAIDlar va qon ivishiga taʼsir qiladigan boshqa dorilarni qabul qilishni toʻxtating.[3]