Kobe masjidi (神戸モスク, Kōbe Mosuku) 1935-yil oktyabr oyida Kobe shahrida ochilgan va u Yaponiyadagi birinchi masjiddir. Uning qurilishi 1928-yildan 1935-yilda ochilgunga qadar Kobe Islom Qo‘mitasi tomonidan yig‘ilgan xayriya mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan. Masjid 1943-yilda Yaponiya Imperator dengiz floti tomonidan musodara qilingan. Biroq, u bugungi kunda ham masjid sifatida faoliyat yuritmoqda. U Kobening Kitano-cho tumanida joylashgan. Masjid 1945-yilda Kobening aksariyat shahar tumanlarini vayron qilgan havo hujumlaridan omon qoldi va 1995-yilda Buyuk Xanshin zilzilasiga bardosh bera oldi. Masjid Kobening eng mashhur sayyohlik joylaridan birida joylashgan bo‘lib, u ko‘plab eski g‘arbiy bino uslublarni o‘z ichiga oladi[1].

Masjid anʼanaviy hind-islom uslubida butun Yaponiya boʻylab bir qator gʻarbiy diniy binolar meʼmori boʻlgan chex meʼmori Yan Iosif Shvagr (1885–1969) tomonidan qurilgan. So‘nggi yillarda Yaponiyada 110 dan ortiq masjid mavjud[2].

Manbalar

tahrir
  1. Penn, M. "Islam in Japan," Harvard Asia Quarterly Archived 2007-02-02 at the Wayback Machine Vol. 10, No. 1, Winter 2006., retrieved February 26, 2007
  2. Agakhan third was a major contributor and then East Pakistan Prime Minister met Emperor of Japan to discuss the building of a mosque and Emperor was gracious enough to offer a land for its construction.Kobe Mosque Official Website Archived 2007-01-20 at the Wayback Machine - "History", retrieved February 26, 2007