Kobuston davlat tarixiy-badiiy qo‘riqxonasi
Kobuston davlat tarixiy-badiiy qoʻriqxonasi ozarb. Qobustan dövlət tarixi-bədii qoruğu | |
---|---|
Kobuston davlat tarixiy-badiiy qoʻriqxonasi. | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Joylashuvi | Qoradogʻ va Absheron tumanlari |
Tashkil qilingan sanasi | 1966 – Qoʻriqxona idorasi yaratildi |
Uslubi | ibtidoiy tasviriy sanʼat |
Maydoni | 3096 ga |
Holati | barqaror, muzey sifatida faoliyat koʻrsatadi |
UNESCO muhofazasiga olingan | |
Rasmiy nomi: Gobustan Rock Art Cultural Landscape[1] | |
Turi | Madaniy |
Mezonlari | iii |
Tayinlangan | 2007 |
Manba raqami | 1076 |
Davlat | Ozarbayjon |
Hudud | Yevropa |
Ozarbayjondagi tarixiy obidalarni roʻyxatga olish | |
Manba nomeri | 26 |
Ahamiyati | Dunyo ahamiyatida |
qoʻriqxonaning koʻrinishi |
Kobuston davlat tarixiy-badiiy qoʻriqxonasi[2] – Ozarbayjon hududidagi arxeologik obidalar kompleksining muhofaza qilinuvchi qoʻriqxona. Qoʻriqxona Qoradogʻ tumani Kobuston aholi punktida, poytaxt Bokudan 56 km masofada joylashgan. Bu yerda, shuningdek, muzey ham faoliyat koʻrsatadi. Qoʻriqxonada, asosan, Mezolit (oʻrta tosh davri) obidalari saqlanadi. Bu yerda gʻorlar, buloqlar va boshqalar bor.
Etimologiyasi
tahrirKobuston nomining kelib chiqishi va maʼnosi borasida turli tadqiqotchilar turli fikr bildirganlar. Lekin ulardan eng koʻp ishlatilgan fikr toponimning geografik sharoit bilan bogʻliq holda paydo boʻlishidir. Ushbu fikrga koʻra, Kobuston jarliklar diyori, bepoyon tekislik, sanoqsiz tepaliklar orasida tuproq choʻkishi natijasida yuzaga kelgan dara va soylardir. Hech bir geometrik shaklga ega boʻlmagan bu tizimsizlikning oʻzida suv, havo, shamolning, zilzila va balchiq vulqonlarining yuzaga keltirgan katta tabbiy zararlar olami muhokama qilinadi. Bu yillar, asrlarning emas, balki million yillarning natijasida yuzaga kelgan vayronalar va „qurilmalar“ asaridir. Kobuston nomining ham kelib chiqishi aynan mana shu tabiiy sharoit bilan izohlanadi.
Turkiy tillarda „qobu/kobu“ soʻzi „dara, boʻshliq, yarimsahro“ maʼnosida keladi. Boshqa versiyaga koʻra esa Kobuston soʻzining dastlabki formasi Gavistan shaklida boʻlgan. „Gav“ forscha hoʻkiz, sigir, „stan“ esa oʻlka maʼnosida keladi. Bu holda soʻz „Hoʻkizlar diyori“ shaklida sharhlanadi. Bu versiyaning ilgari surilishi tasodif emas. Chunkioʻz vaqtida Kobuston hududida koʻp miqdorda choʻl mollari yashagan. Ming yillardan soʻng ularning bir qismi oʻlgan, bir qismi esa xonakilashtirilgan.
Boshqa versiyaga koʻra esa bu yerning nomi Kabristan boʻlgan. „Kabr“ olovga sigʻingan, „stan“ esa oʻlka maʼnosida kelgansda soʻz olovga sigʻinganlar shahri sifatida tushuniladi. Unga koʻra bu yerlarda otashparastlar yashagan, shu sababli ham b yer Kabristan deb nomlangan.[3]
Flora va Faunasi
tahrirHozirda Kobuston tabiati Ozarbayjonning Arran tumanlariga koʻproq mos. 20-25 ming yil avval esa bu yerlarning tabiiy sharoiti butunlay boshqacha boʻlgan. 10-12 ming yil avval Kobuston qoyalariga chizilgan hayvon va inson suratlaridan koʻrinadiki, oʻsha vaqtlari bu yerlarda toʻxtovsiz issiq havo hukm surgan. Insonlar yengil kiyimlarda yashagan, erkaklar bellariga kamar bogʻlagan, ayollar esa teridan tikilgan kalta koʻylak kiyishgan.
Havo doimo issiq, koʻklamzor va suv moʻl boʻlgani sababli bu yerlar oʻtxoʻr hayvonlar maskani boʻlgan. Kobustonda son-sanoqsiz choʻl hayvoni, mol, ot, echki, kiyik va boshqa hayvonlar yashagan. Qoyatosh tasvirlaridan va arxeologik qazilmalardan olingan topilmalardan koʻrinib turibdiki, qadimgi davrda bu hududda yoʻlbars, boʻri, tulki, chiyaboʻri va boshqa yirtqich hayvonlar ham boʻlgan. Mutaxassislar qoyalarda suratlariga duch kelinmagan filning ham bu hududlarda yashaganini taʼkidlaydilar. Qoyatosh tasvirlarida filning yoʻqligi sababi shundaki, bu yerlarda bizga maʼlum inson hayoti 10-15 ming yil bilan oʻlchanadi, fil esa million yillar avval yashagan.
Kobustonda fil suyaklarining topilishi butunlay tasodif boʻlgandi. 1968-yilda bu yerda Atbulax nomli joy yaqinidagi tosh zavodida katta arra taxminan 3 m chuqurlikdagi tosh qavatini kesar ekan, tasodifan nomaʼlum hayvon suyagini ham kesgan. Ishchilar bu nimaning suyagi ekanligini bilmay Ozarbayjon SSR Madaniyat vazirligiga xabar beradi.
Topilgan suyaklar tadqiqidan soʻng shu aniqlanadiki, bu suyak bir vaqtlar Kobustonda yashagan janub filining boʻyin umurtqasining VI suyagidir.[4]
Tadqiqi
tahrirKobuston yaylov sifatida Ozarbayjon molboqarlariga anchadan beri maʼlum edi. Lekin u yerdagi moddiy-madaniy qoldiqlar va qoyatosh tasvirlari ilk bora Ozarbayjon arxeologlaridan biri professor Is’hoq Jafarzoda 1939-1940-yillarda kashf qilgan. 1941-yilda boshlangan Ulugʻ Vatan Urushi tufayli qidiruvlar toʻxtatilgan, 1947-yildagina davom ettirilgan. I. Jafarzoda yillar davomida olib borgan murakkab ilmiy izlanish va tadqiqotlar natijasi sifatida 750 qoya ustidagi oʻyma, qazilma va surtma usul bilan chizilgan 3500 dan ortiq inson va hayvon rasmi va turli ishoralar- petrogliflar qayd qilinib, 20 qoyaosti turar-joy topildi.
Ana shundan soʻng I. Jafarzoda boshchiligida J. Rustamov va F. Murodova olib borgan izlanish va arxeologik qazilmalar natijasida koʻpgina rasmlar manzilgohlar va moddiy-madaniy qoldiqlar topildi. Buyuktosh togʻidagi „Ona gʻor“ turar-joyida topilgan uch madaniy tabaqadan ilk ost tabaqa bilvosita tosh davriga tegishli. Kobuston obidasi shu bilan ham qiziqarliki, bu yerda inson hayoti taxminan eramizdan avvalgi oʻninchi mingyilliklardan boshlab to XVIII asrgacha ketma-ket toʻxtovsiz davom etgan. Kobustonda topilgan moddiy-madaniy qoldiqlar majmuasining tarix va madaniyat uchun alohida ahamiyatini eʼtiborga olgan Ozarbayjon SSR Vazirlar Mahkamasi 1966-yil 9-sentyabrdagi qarori bilan Kobuston davlat tarixiy-badiiy qoʻriqxonasi deb eʼlon qilindi. Qoʻriqxona asosan uch togʻ (Buyuktosh, Kichiktosh va Jingirtogʻ) joylashgan katta maydonni qamrab oladi.[5]
Turar-joylar
tahrirQadimgi kobustonliklar asosan ochiq havoda yashaganlar. Lekin kuchli yomgʻir va shamolli kunlarda ular gʻorlarga, qoyaosti turar-joylarga yoki bir-biriga yopishgan togʻ qoyalari ostida qoʻnim topganlar. Hozircha maʼlum boʻlgan qoyaosti manzilgohlarning eng yaxshi namunalari Buyuktosh va Kichiktosh togʻlarining janubi-sharqida joylashgan yirik manzildir. Arxeologlar bu turar-joylarning birini „Chordoq gʻori“, narigisini esa „Firuz-1“ deb nomlagan.
Bu manzillardan har ikkisining yerini gʻarbdan tuproqqa mustahkamlangan yirik tekis qoya tashkil qiladi. Mutaxassislarning tahminlari boʻyicha bu manzillarda yashaganlar uy ishlarining bir qismini manzillarning tekis qismida bajarar ekanlar. Bunday manzillardan biri ham Buyuktosh togʻidagi janub pastligidagi „Yetti goʻzal“ gʻoridir.
Buyuktosh togʻidagi „Ona gʻor“ va „Ovchilar gʻori“ bir-biriga yopishgan qoyalar orasidagi turar-joylardir. Bu gʻorlarning nomini u yerlarni kashf qilgan arxeolog professor Is’hoq Jafarzoda bergan. Jingirtogʻdagi Yozuvlitepa ham oʻz vaqtida bu kabi turar-joylardan biri boʻlgan. Lekin u yerlarning tuprogʻi juda omonat boʻlganidan va doimo oqar suvlar vositasi bilan yuvilgani tufayli qoyalar choʻkdi va avvalgi holatini yoʻqotdi.
- „Ona gʻor“ manzili – Kobustonda Buyuktosh togʻining yuqori tekislik sohasida ustida qadimiy qoyatosh tasvirlari tushirilgan 29, 30,31,32 raqamli qoyalarning orasida yuzaga kelgan kichik va yirik oʻlchamli, ikki koʻzdan iborat qoyaosti boʻshliqda kashf qilingan. Yarim ochiq gʻorni eslatadigan bu boʻshliqning devorlarini tashkil qilgan qoyalar ustida tarixning turli davrlarida chizilgan yuzlarcha qoyatosh tasvirlar mahsulotlarining qadimgi namunalari saqlangan suratli qoyalarning yarmigacha boʻlgan kichik sohada markaziy oʻrinda boʻlgani sababli, devorlarida va ularga birlashgan togʻlarda koʻp sonli qadimgi tasvirlar saqlanganligi uchun Kobuston qoyatosh tasvirlarining ilk tadqiqotchisi I. M. Jafarzoda tomonidan bu yerga „Ona gʻor“ nomi berilgan va „Ona gʻor“ning 100 kv.metr maydonga ega yirik oʻlchamdagi gʻarb qismi arxeologik qazilma ishlari olib borish bilan tadqiq etib oʻrganilgan.[6]
- „Kaniza“ manzili
- „Ovchilar“ gʻori
- „Hoʻkizlar“ manzili
- „Hoʻkizlar-2“ manzili
- „Toshosti“ manzili
- „Kiyik“ manzili
- „Qoya orasi“ manzili
- „Qoya orasi-2“ manzili
- „Jayronlar“ manzili
- „Firuz-1“ manzili
- „Firuz-2“ manzili
- „Shunqor“ manzili.[6]
Qadimgi kobustonliklar
tahrirEtnik kelib chiqishi
tahrir1972-yilda Kobustonda olib borilgan arxeologik qazilmalar natijasida oʻn ikki inson skeleti topilgan. Firuz manzilida ochilgan soʻnggi mezolit davri qabridagi insonlarning bosh suyaklarining antropologik tuzilishi, ularning ilmiy tadqiqoti vaqti muayyan boʻlgandiki, ular zamonaviy ozarbayjonlarning ajdodlaridir.[7]
Mashgʻulotlari
tahrirIbtidoiy insonlar hayot uchun kurash asosini ochidan oʻlmaslik uchun yegulik qoʻlga kiritish tashkil qilardi. Buning uchun qadimgi kobustonliklar turli meva va oʻsimliklar yigʻishga, hayvon ovlashga majbur boʻlardilar. Qurol (oddiy tosh va tayoq) oddiy, ov esa osonlik bilan taslim boʻlmaydigan oʻt va goʻsht yeyuvchi hayvonlar boʻlmagan. U vaqtlar ovchilik qurshab olish yoʻli bilan amalga oshirilar edi. Kobustonliklar katta toʻda boʻlib ovga ketishar, oʻtloqlardagi hayvon toʻdalarini quvib,Buyuktosh, Kichiktosh va Jingirtogʻ ustiga chiqarishar, keyinchalik esa orqa tarafini kesib, ularni jarlik tomonga siqishtirardilar. Hurkiga hayvonlar oʻzlarini tahlikadan xalos qilish uchun togʻdan otilar va ovchilarga yem boʻlardilar. Bu jarayonni aytish oson boʻlsa ham, amalga oshirish qoʻrqinchli va qiyin edi. Ming yillar davomida qurshab olish yoʻli bilan ov qilgan kobustonliklar keyinchalik oʻq ixtiro qilgan, keyinchalik choʻl hayvonlarini xonakilashtira olganlar.
Dengizga yaqin hududda yashagan Kobuston qabilalari baliq ham ovlaganlar. Ichimlik suvidan biroz chetda yashaganlarning joylarini suv bilan taʼminlash imkoni boʻlgan. Uning uchun kobustonliklar gʻorlarning yonida yerga botgan katta va tekis qoyalarini tosh bilan urib oʻyar, yirik suv hovuzlarini yasar edilar. Bu hovuzlar yomgʻir suvi bilan toʻlar va navbatdagi yomgʻirgacha qabilaning ehtiyojlarini qondirardi. Yomgʻir suvini har tomondan hovuzga quyilishi uchun qoya ustida chuqur kanallar ochilardi. Bu kabi hovuzlar Buyuktoshda „Ona gʻor“, "Ovchilar gʻori " turar-joylari yonida bor.
Qadimgi kobustonliklarning eng asosiy mashgʻulotlardan biri ham tosh ashyolar tayyorlash boʻlgan. Ular daryo toshlaridan bolgʻalar, pichoqlar, chaqmoq toshlardan mayda pichoqlar, oʻq kashf qilgach esa oʻqlarning tosh uchlarini va boshqalarni yasardilar. Koʻp vaqtlar ularning asosiy mashgʻulotlaridan biri ham bezak ashyolari yasash edi. Bu kabi buyumlar asosan tosh va suyakdan yasalardi. Kobustonda ochilib tadqiq qilingan qabrlardan va turar-joylardanh topilgan bezak buyumlari ichida yoqadan osilgan tosh, yovvoyi toʻngʻiz va boshqa hayvonlar tishlari, usti naqshlangan suyak boʻyinbogʻlar, turli munchoqlar va b, bor. Oʻrta tosh davrini tamsil etgan bu buyumlar va bezak ashyolari bugun uchun juda oddiy koʻrinsa ham oʻsha vaqt uchun yetarlicha qiyin va katta badiiy did talab qiluvchi mehnat mahsuli edi. Keyingi davrlarda kobustonliklarning chorvachilik va gʻallachilik xoʻjaligiga oʻtishi uchun qadimdan meros qolgan mehnatlari va tajribalari juda muhim tamal hisoblanardi.[7]
Qoyatosh tasvirlari
tahrirQadimgi kobustonliklarning qaysi tilda gaplashishlari yoki umuman gapirib-gapirmaganlari fanda bahs tugʻdirgan masalalardandir. Lekin ular oʻzlaridan meros qoldirgan tasvirlar vositasi bilan bugun ham oʻzlari, turmushlari haqida maʼlumot bermoqdalar.
Ming yillar davomida bir-birining ortidan kelgan nasllar tomonidan 1000 ga yaqin qoyada qayta-qayta chizilgan, bir-birini takrorlagan va takrorlamagan 4-5 mingdan ortiq hayvon, inson rasmlari, hayotiy muammolar, ov va raqs sahnalari juda qadimiy rassomlik maktabi ijodkorligidir.[8]
Rasmlarning bir qancha qismi turar-joylarning devorlarini tashkil qilgan yirik qoyalarda, baʼzan esa eski rasmlarning ustidan chizilgan. Qoyalardagi tasvirlar ilk vaqtlarda tabbiy kattalikda chizilgan hayvon va inson rasmlari bilan boshlab, soʻngra ora-sira, goh sxematiklashtirilgan, goh kichraytirilgan, goh tasvirlangan hayvon va insonlarning oʻz oʻlchamlariga yaqinlashtirilgan. Chiziqlar bilan ifodalangan rasmlarda hayvonlarning va insonlarning badan tuzilishidagi nisbatlar katta mahorat bilan tushirilgan. Qadimgi rasm ustalari tasviri katta mahorat talab qiluvchi kiyik kabi hayvonlarning rasmini chizib, bu vazifaning uddalay olganlar. Hayvon va insonlarning turish maneralari rasmlardagi dinamizmdan ochiq ravshan koʻrinib turibdi.
Kobuston rasmlarida diqqat tortgan xususiyatlardan biri ham shuki, ovchilik bilan shugʻullangan insonlarning oyoqlari qavariq shaklda tasvirlangan, ularning boshlari nisbatan kichraytirilgan va qiyofa qismlari – burun, ogʻiz, koʻz, quloq va boshqalar koʻrsatilmagan. Mutaxassislar buni rasm chizganlarning bu qismlarni yaxshi chiza olmaganliklari bilan izohlash mumkin emasligini qayd qiladilar. Chunki rasm sohasida ular bundan qiyinroq va murakkab vazifalarni uddalaganlar.
Qoya tasvirlarida qabila hayotining deyarli barcha jabhalari oʻz aksini topgan. Qurshab olish yoʻli bilan ommaviy ovchilik oʻq kashf qilingach shaklini oʻzgartirsa ham, bir muddat oʻz ommaviyligini yoʻqotmaydi. Bu Buyuktoshdagi 45 raqamli qoyada tasvirlangan oʻq bilan ommaviy ov sahnasidan bilish mumkin. „Yetti goʻzal“ gʻorida chizilgan rasmlardan maʼlum boʻladiki, ovchilikda ayollar ham ishtirok etgan. Buyuktoshda 126 raqamli qoyadagi rasm ham katta qiziqish uygʻotgan tasvirlardandir. Bu yerda bir erkak bir ayol qoʻlidan tutib, olib borishni istamoqda, lekin ayol borishni xohlamayapti. Rasmdagilarning har ikkisi oʻrta yoshdagi insonlardir. Bu kabi sahna 128 raqamli qoyada ham bor. Bu tasvirdagi kishi oʻq va tayoq bilan qurollangan. Buyuktoshdagi 8 raqamli va bir qator boshqa qoyalarda koʻp kemalar tasvirlangan. Bu kemalarning burnida shu’lalangan quyosh surati chizilgan. Bundan koʻrinib turibdiki, kobustonliklar kema orqali dengizga bora olardilar. Bu kema tasvirlari ularning Old Osiyo va Yaqin Sharq oʻlkalari bilan tijorat aloqalari boʻlganini bildiradi. Buyuktoshdagi 258 raqamli qoyada oʻng qoʻlida uchishga tayyorlangan lochin boʻlgan otliq rasmi tasvirlangan. Bu yerdagi 45 raqamli qoyada chizilgan sigir rasmi boʻynida arqon boʻlishi kobustonliklarning choʻl hayvonlarini xonakilashtirishidan xabar beradi. Bularning barchasi goʻyo kobustonliklar turmushi haqidagi goʻzal albomga oʻxshaydi.[9]
Kobuston Ozarbayjon rasm madaniyatining ilk oʻchoqlaridan biri boʻlganidek, qadimiy raqs va musiqa madaniyati shakllangan hududlardan biri hamdir. Kobustondagi suratlarda raqs marosimi tasvirlari alohida oʻrin egallaydi. Ommaviy raqslar hozirgi ozarbayjonlarning Yalla raqsini eslatadi. Bu raqs oʻz vaqtida qabilaning estetik didini taʼminlash bilan birga, ov vaqti nishonga barcha bilan birga bir onda zarb berish va bu bilan ham ov tajribalarini oshirishga yordam berardi.
Qovoltosh
tahrirBuyuktosh va Jingirtogʻda boʻlgan va „Qovoltosh“ deb nomlangan tosh musiqa asboblari qadimgi kobustonliklarning katta ixtirosi sifatida tan olinadi. Oʻqning kashf etilishi qabila odamlarining moddiy taʼminoti uchun qanchalar lozim boʻlsa, zarb musiqa asboblari – „Qovoltosh“ning yaratilishi ham musiqa didlarini taʼminlash, raqs va qoʻshiq marosimlarini tashkil qilish uchun juda muhim edi. Qadimgi insonlar boʻyi ham 2 metrga yetardi.
Jingirtogʻdagi „Qovoltosh“ning tuzilishi shunday: tepalik bagʻrida yostiq kabi ikki yirik tosh ustida uchin tosh mavjud. Bu tosh ostidagi toshlardan silliqroq. Ostidagi toshlar bilan ust tosh orasida boʻshliq bor va soy bilan yelvizak qiluvchi havo oqimi bu boʻshliqdan oʻtadi.
Buyuktoshdagi „Qovoltosh“ tuzilishi biroz farqlansa ham, prinsip boʻyicha bir xil. Asbob doimo havo oqimi oʻtgan darada yasalgan. Qoya ustidagi yirik tekis tosh ostiga bir tomondan tosh tirsak qoʻyilgan. Har ikki qovoltosh kichik tosh bilan urilganda mis kabi jiringlagan ovoz beradi. Bu muhtasham musiqa asboblari bugun ham oʻz joylarida turadi va oʻz shakllari, gʻayrioddiy ovozlari bilan qoʻriqxonaga kelganning katta diqqat va eʼtiboriga sazovor boʻladi.
Filmografiya
tahrir- Kobuston (film, 1967)
- Toshlar orasida (film, 1976)
- Haq dargohi (film, 1991)
- Kobuston (film, 1991)
- Kobuston (film, 1997)
- Kobuston (film, 2005)
Rasmlar
tahrirYana qarang
tahrirVideolar
tahrirAdabiyotlar
tahrirVikiomborda Kobuston davlat tarixiy-badiiy qo‘riqxonasi haqida turkum mavjud |
Vikiomborda Kobuston davlat tarixiy-badiiy qo‘riqxonasi haqida turkum mavjud |
- Azərbaycan arxeologiyası. İ cild. Bakı,2008.
- Rüstəmov C. N. Qobustan dünyası. Bakı,1994.
- Rüstəmov C. N. Oobustan petroqlifləri. Bakı,2003.
- Rüstəmov C. N., Muradova F. M. Oobustan petroqlifləri. Bakı,2003.
- Azərbaycan tarixi 6-cı sinf dərsliyi.
Manbalar
tahrir- ↑ Azərbaycan Respublikasının Yunesko yanında daimi nümayəndəliyi, 2017-12-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-02-12
- ↑ „Qobustan dövlət tarixi-bədii qoruğu ərazisində yerləşən tarixi və mədəni sərvətlərin qorunması haqqında AZƏRBAYCAN RESPUBLİKASI PREZİDENTİNİN SƏRƏNCAMI“. 2021-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-fevral.
- ↑ AZƏRBAYCAN RESPUBLİKASI QOBUSTAN RAYON İCRA HAKİMİYYƏTİ
- ↑ Azərbaycan Milli Elmlər Akademiyası
- ↑ Qobustan abidələri
- ↑ 6,0 6,1 Azərbaycan Tarixi (yeddi cilddə), I cild, Bakı, 2007, səh 264
- ↑ 7,0 7,1 Ə. Cəfərov – İnsanlığın səhəri, Bakı, 1994, səh 61
- ↑ R. Ə. Babaxanov – Qobustanı gəzərkən, Azərbaycan abidələri dərgisi, № 1, Bakı, 1984, səh 54
- ↑ R. Ə. Babaxanov – Qobustanı gəzərkən, Azərbaycan abidələri dərgisi, № 1, Bakı, 1984, səh 57