Kodifikatsiya, xalqaro huquqda — bu mavjud normalarni tizimlashtirish, qarama-qarshiliklarni bartaraf etish, bo‘shliqlarni to‘ldirish, eskirgan normalarni yangilariga almashtirish jarayoni.

Bundan ko‘rinib turibdiki, kodifikatsiya qonun chiqarish jarayoniga aloqador. Davlatlar va ulaming tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan rasmiy kodlash bilan davlat tashkilotlari, xususiy shaxslar ishtirokisiz ishlab chiqarilgan norasmiy kodlash o‘rtasidagi farqni aniqlash odat tusiga kirgan. Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi jamoat tashkiloti qurolli mojarolaming gumanitar qonunlarini kodifikatsiya qilish loyihasini tayyorlagan. Uning asosida 1949-yilda diplomatik konferensiyalar urush qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risida o'tkazilgan to‘rtta Jeneva konvensiyasini va 1977-yildagi ikkita qo‘shimcha protokollarni qabul qilishgan.

Manbalar tahrir