Kofe maydalagich
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Kofe maydalagich–qoʻl va elektr bilan xarakatga keltiradigan xillari bor. Qoʻl kofe maydalagichi odatda yogʻoch yoki metall korpusdan iborat boʻlib, uning ichiga dasta yordamida qoʻl bilan xarakatlantiriladigan maydalash toshi va unda donachalarning maydaligini oʻzgartiradigan qurilma oʻrnatilgan boʻladi. Korpusnig pastki qismida quticha boʻlib, unga maydalangan kofe tushadi. Elektr kofe maydalagichining turli modellari boʻlib, hammasining ishlash prinsipi bir hil – kofe donachalari kurakchali tez aylanuvchi disk bilan maydalanadi. Elektr kofe maydalagichi bunkeriga 30 g chamasi kofe donachalari solinib, qanday maydalikda olinishiga qarab 1-2 daqiqa maydalanadi. Kofe maydalagich mehanizmi qizib ketmasligi uchun, uni har 2-daqiqadan keyin 3-daqiqa toʻxtatib qoʻyish kerak. Roʻzgʻor kofe maydalagichining asosiy qulayligi shundaki, maydalangan kofeni bevosita damlashdan oldi olish mumkin, bu esa uning xushboʻyligini va taʼmini saqlaydi. Elektr kofe maydalagichidan oz miqdordagi qand, suxari va boshqa mahsulotlarni maydalashdaham foydalanish mumkin. Kofe maydalagich ogʻirligi odatda 1-kg chamasida, istemol qilish quvvati 100 Vt. Maydalagichni salt ishlatish tavsiya etilmaydi. Ishlatib boʻlingach, kofe maydalagichni quruq latta bilan tozalash zarur. Kofe maydalagichni tez-tez moylash va elektr dvigatelining elektr chotkalarini almashtirish shart emas.
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |