Kogon tuman kasb-hunar maktabi- Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tarkibidagi kasb-hunar maktablaridan biri.

Kogon tuman kasb-hunar maktabi
Talabalari 500 ta
Fakultetlar 7 ta
Oʻqituvchilar 35 ta ta
Manzili Kogon tumani ........
Vebsayti www.000000000.uz


Kasb-hunar maktabida 7 ta kasblar "Avtomobil divigatellarini tashxislash va tamirlash, „Elektrik“, „Payvandlovchi (Elektrgazpayvandlash ishlari)“, „Traktorchi machinist“, „Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari“, „Melioratsiya texnikasi operatori“, „Tikuvchi“ kasblari boʻyicha oʻquvchilar oʻqitiladi.


Tarixi tahrir

2000 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Kogon tuman 8 – hunar Texnika bilim yurti bazasida Kogon qishloq xoʻjaligi kolleji tashkil etilgan. Kogon qishloq xoʻjalik kolleji 2019 yil 6 sentyabrda 5812 – sonli Prezident Farmoni bilan Kogon tuman kasb – hunar maktabiga aylantirildi. Kogon tuman kasb – hunar maktabi rahbariyati tarkibi. Toshev Ulugbek Jabborovich Direktor, Jurayev Xasan Raxmatilloyevich Oʻquv IBDOʻ,Fozilov Malik Jalilovich IChTBDOʻ, Hasanov Sobit Joʻraboyevich Moliya iqtisod BDOʻ, Ergashov Otabek Tuymurodovich Jismoniy tarbiya raxbari, Choʻliyev Dilshod Narzullayevich Yoshlar bilan ishlash BDOʻ, Bosh hisobchi Sultonov Najmiddin. Kasb – hunar maktabida 22 ta ishlab chiqarish taʼlimi ustalari hamda haydovchi oʻrgatuvchilar ishlab kelmoqda. Umumtaʼlim fan oʻqituvchilari 10 ta, Maxsus fan oʻqituvchilari 6 ta. Kasb – hunar maktabimizda oʻz mehnati va faoliyati bilan namuna boʻluvchi xodimlarimizdan rus tili fani oʻqituvchimiz Uzoqova Maxfirat 30 yildan oshiq faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Ish faoliati davomida quyida koʻrsatilgan Certifikatlari, diplom hamda maʼlumotnomalarni qoʻlga kiritgan.


Hamkor tashkilotlar tahrir

Kogon tuman kasb-hunar maktabida yuqoridagi kasblarni oʻqitishda tumanning quyidagi buyurtmachi yirik korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

  • KOGON PAXTA TOZALASH AJ
  • KOGON YOGʻ-EKSTRAKSIYA ZAVODI AJ
  • KOGONDONMAXSULOTLARI AJ

Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi "Avtotransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 408-sonli qarori asosida 408-sonli qarori talablari boʻyicha „Avtomobil dvigatellarini tashxis va taʼmirlash“ kasbi oʻquvchilari „B“ va „BC“ toifali haydovchilik guvohnoma olish imkoniyati xam mavjud.

Oʻquv amaliyoti ustaxonalari tahrir

Kogon tuman kasb-hunar maktabi „Chilangarlik“ ustaxonasi, „Payvaandlash ishlari“ ustoxonasi, „Gaz payvandlash ishlari ustaxonasi“, „Avtomobil tuzilishi“ ustoxonasi", „Traktor va avtomobillarni taʼmirlash“ ustoxonasi, „Tikuchilik“ ustaxonasi, "Traktor va avtomobillarni taʼmirlash „ ustoxonasi“, „Qishloq xoʻjaligi mashinalari va uskunalarini saroyi“, „EXM xonasi“ kabi oʻquv ustaxonalari bilan toʻliq jihozlangan.


Manzil: tahrir

Kogon tuman kasb-hunar maktabi manzili: Kogon tumani, Kogon MFY, Uyrot q/q.

Kasb-hunar maktabining geolokatsiyasi


Havolalar tahrir