Komil Nasafiy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Komil Nasafiy (arabcha: كامل النسفي — Komil Nasafiy — Toʻliq ismi: Komil ibn Kamol Nasafiy (XVI-XVII asr)) — Mutasavvif.
Komil Nasafiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | mutasavvif |
Hayoti va faoliyati
tahrirKomil Nasafiy „Durri maknun“ („Yashirin durlar“) nomli asar yozgan. Tasavvufning Qodiriya tariqati vakili bo‘lgan —XVII asrning 2-yarmida yozilgan mazkur asarida so‘fiylik, uning mohiyati, atamalarini tadqiq etgan, asoslab bergan. Komil Nasafiyning shu mavzudagi yana bir asari „Sharhi ilhomot musammo bi ravzoti-l-jannot“ deb nomlangan. Bu risola nomaʼlum muallifning „Ilhomot“ nomli asariga yozilgan sharhdir. Ikkala asar ham 1915-yilda Mullo Muhammad Sodiq valadi Qori Mullo Abulfayz Nasafiy tomonidan ko‘chirilgan. Uning „Sharhu-l-hikami-l-Atoiyya“ nomli risolasi ham bor. U Atoulloh Iskandariy (vafoti 1309-yil) asariga yozilgan sharhdir. Risolaning XVIII asrda ko‘chirilgan bir nusxasi bizning davrimizgacha yetib kelgan.[1]
Asarlari
tahrir“Durri maknun” “Sharhi ilhomot musammo bi ravzoti-l-jannot” “Sharhu-l-hikami-l-Atoiyya”
Manbalar
tahrir- ↑ O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 461.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |