Komil Tursunovich Yusupov (1957-yil 20-dekabr) – kurashn sportini yaratgan asoschisi va xalqaro sport arbobi. Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida tugʻilgan. Komil Yusupov nafaqat Oʻzbekistonning, balki butun dunyoda, yangi sport yaratgan inson sifatida ulugʻ arboblaridan biridir. U milliy sport turi boʻlgan kurashni jahon miqyosida olib chiqqan jahon sport tarixida oʻzining betakror oʻrniga ega boʻlgan buyuk shaxsdir. U o‘z hayotini sportni rivojlantirish va yangi avlodni jismoniy va ma’naviy yuksaltirishga bagʻishlagan.

Komil Yusupov
 Kurash sportining asoschisi
Mansab davri
1991-yildan – 2023-yilgacha
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-dekabr 1957-yil (1957-12-20) (67 yosh)

Bolalikdan Buyuklik Sari

tahrir

Qorakoʻlning oddiy bir oilasida tugʻilgan Komil Yusupov bolalikdan intizomli va maqsadli edi. Har qanday sharoitda ham bilim va tajribaga intilib, oʻz oldiga qoʻygan maqsadiga erishishga astoydil harakat qilardi. Uning sportga boʻlgan muhabbati va iste’dodi erta yoshlaridanoq namoyon boʻla boshladi. Keyinchalik, u faqat sport bilan chegaralanib qolmay, harbiy xizmat, huquqshunoslik va xalqaro boshqaruv sohalarida ham oʻzini koʻrsatib, koʻplab muvaffaqiyatlarga erishdi.

Mehnat Faoliyatining Birinchi Yillari

tahrir

Komil Yusupov 1976-yilda Ichki ishlar vazirligi qoʻshinlarida harbiy xizmatni boshladi. Bu davrda u oʻzining intizomi, mas’uliyati va yetakchilik qobiliyatlari bilan ajralib turdi. Harbiy xizmat uni qatʼiyatli va jasoratli bo‘lishga oʻrgatdi. Keyinroq u huquqshunos sifatida faoliyat olib bordi: • 1983-1984 yy. „Toshmetallobitremont“ kombinatining bosh huquqshunosi boʻldi. Bu lavozimda ishlash unga tashkilot boshqaruvi va huquqiy muammolarni hal qilishda katta tajriba berdi. • 1984-1985 yy. Prokuraturada amaliyot oʻtash orqali qonunchilik va huquqni muhofaza qilish sohasida bilim va koʻnikmalarni yanada mustahkamladi. • 1985-1991 yy. SSSR Davlat xavfsizlik qoʻmitasining masʼul xodimi sifatida xizmat qildi. Bu lavozimda u davlat xavfsizligi va jamoat tinchligini taʼminlash yoʻlidagi masʼuliyatli vazifalarni bajargan.

Sportga Bagʻishlangan Hayot

tahrir

Komil Yusupovning hayotida sport eng muhim oʼrin egallagan. 1975-1981 yillarda sportning Sambo va Dzyudo turlaridan xalqaro sport ustasi darajasiga koʼtarilgan. 1980-yilda dzyudo kurashi buyicha SSSR Olimpiya terma jamoasiga a'zo boʼlgan. 1981-yilda Nukus shahrida, vazni 65 kg boʼlishiga qaramay Dzyudo buyicha Oʼzbekistonning mutloq chempioni boʼlishga erishgan va uning bu yutugʼi sport tarixida takrorlanmas rekord boʼlib qoldi.

• 1991-yilda uning tashabbusi bilan Oʼzbekiston Milliy Kurash Federatsiyasini tashkil qilinib, unga oʼzi rais boʼlib saylangan. Bu uning kurashni rivojlantirish va uni dunyoga tanitish yoʼlidagi ilk va tarixiy qadamlaridan biri yedi. Keyinchalik, u sport sohasida bir qancha muhim lavozimlarda faoliyat yuritdi: • 1992-1996 yy. Mustaqil Oʼzbekistonning Dzyudo Federatsiyasining birinchi Prezidenti sifatida dzyudo sportini revojlantirdi. • 1992-1996 yy. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy Tarbiya va Sport Qoʻmitasi raisining oʻrinbosari sifatida sportni davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylantirdi. • 1996-1999 yy. „Kamolot“ yoshlar jamgʻarmasi boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida yoshlar sportini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. • 2000-2002 yy. „Kamolot“ yoshlar jamgʻarmasi boshqaruvi raisi sifatida yoshlarning ijtimoiy faoliyatini oshirish va ularni sportga jalb qilish boʻyicha ko‘plab loyihalarni amalga oshirdi. • 2002-2004 yy. Oʻzbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya va Sport Qoʻmitasi raisi lavozimida mamlakatda sport infratuzilmasini rivojlantirishga boshchilik qildi. • 2004-2006 yy. Madaniyat va Sport Vazirining birinchi oʻrinbosari sifatida sport va madaniyatni birlashtirgan loyihalarni yoʻlga qoʻydi

Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasining Asoschisi

tahrir

1998-yilda Komil Yusupov Xalqaro sport tashkilotini tuzishni tashabbus qildi, ta'sis kongeresda uning yaratgan Kurash qoidalari xalqaro qoida deb tan olinib, shu qoidalari asosida Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi IKA tashkil etildi.

U kurash sportining asoschisi sifatida birinchi prezidenti boʼlib kurashni jahonda oʼz oʼrniga ega boʼlishiga erishdi. Uning saʼy-harakatlari tufayli kurash bugungi kunda dunyoning 100 dan ortiq davlatida tanilgan. U toʼrt marta qayta saylandi: • 1998-yil – Oʼzbekiston (asoschilik saylovi). • 2002-yil – Armaniston. • 2006-yil – Dominikan Respublikasi. • 2011-yil – Oʼzbekiston. 2017-yilda Komil Yusupov Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasining Asoschi Raisi sifatida umrbod saylandi. Bu maqom uning kurash sportini rivojlantirish yoʼlidagi xizmatlarini yeʼtirof yetuvchi tarixiy voqea boʼldi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan faoliyati va roli

tahrir

“Kurash” sport turining asoschisi K.Yusupov tomonidan yaratilgan qoidalari asosida dastlabki kunlarida mamlakatimizda sport turi sifatida qabul qilinishiga va xalqaro miqyosda sport turiga aylantirishga erishdi. Butun dunyoda “kurash” sporti o‘zbek sporti nomi bilan rivojlanmoqda. Kurashning tarixi va rivojlanishi: Kurash 3,500 yillardan beri kupgina millatlarning toʼyu-sayillarida kungil ochar oʼyini sifatida davom etib kelmoqda. 1990-yilda K.Yusupov tomonidan sport qoidasi yaratilib, uning tarixiy nomini asrab Kurash deb nomlab sportga aylantirildi. Аsoschining tashabbusi bilan xalqaro kongress tashkil etilib, kurash qoidalari xalqaro qoidalar sifatida tan olindi. Ushbu qoidalar asosida Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi (IKA) tashkil etildi. Bugungi kunda dunyoning beshta qitasida (Afrika, Yevropa, Okeaniya, Osiyo, Pan Amerika) kurash konfederatsiyalari mavjud bo‘lib, 100 dan ortiq mamlakatlarda kurash federatsiyalari tomonidan oʼtkazadigan barcha tadbirlar, Jahon chempionati, qitьaviy chempionatlar, Osiyo o'yinlari, mamlakatlar ichidagi chempionatlar, hakamlik,murabbiylik seminarlari faqatgina Komil Yusupov yaratgan qoidalar asosida oʼtkaziladi.

Huquqiy asoslar va rivojlanish choralari:

tahrir

Kurash sportini yanada rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining bir qator normativ-huquqiy hujjatlari imzolangan. Bugungi kunda kurash bo‘yicha jahon va mintaqaviy chempionatlar, Osiyo o‘yinlari, xalqaro turnirlar, ichki musobaqalar, shuningdek, hakamlar va murabbiylar uchun seminarlar doimiy ravishda Komil Yusupov qoidalari asosida o'tkaziladi. K.Yusupov tomonidan “Xalqaro kurash qoidalari”, “Kurash” atamasi, yangi sport turiga berilgan “Xalqaro musobaqani tashkil etish va o‘tkazish qoidalari”, “Kurash ko‘ylagi”, “Gilam” va boshqa tegishli hujjatlar ishlab chiqilib, Adliya vazirligi tomonidan rasman ro‘yxatga olingan. Ushbu hujjatlar patentlangan va mualliflik huquqi bilan himoyalangan. K.Yusupov milliy qadriyatimiz bo‘lgan kurashni xalqaro sport turiga aylantirib va uni Osiyo Olimpiya o‘yinlariga rasman kirishiga erishgan. Uning moddiy va ma’naviy huquqlari O‘zbekiston qonunlari va xalqaro huquq normalariga muvofiq to'liq himoyalanganligi kafolatlanmoqda.

Ilova: Patentlangan va mualliflik huquqi bilan himoyalangan hujjatlarning nusxasi. Vazir o‘rinbosari M. Ikromov tomonidan imzolangan.

Komil Yusupov
 
 
 Ushbu hujjat Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

Mukofotlari va Eʼtiroflari:

tahrir

Komil Yusupovning koʻp yillik fidokorona mehnati milliy va xalqaro miqyosda yuqori baholandi. U quyidagi unvon va mukofotlarga sazovor boʻldi.

Milliy Mukofotlari:

tahrir

• 1980-yil: Xalqaro toifadagi sport ustasi (sambo va dzyudo). • 1992-yil: „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ unvoni. • 1997-yil: „Sogʻlom avlod uchun“ II darajali ordeni. • 1999-yil: „El-yurt hurmati“ ordeni. • 2020-yil: „Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi“ koʻkrak nishoni. • 2021-yil: „Mehnat faxriysi“ 1-darajali mukofoti.


Komil Yusupov
 
Komil Yusupov Xalqaro medallari

Xalqaro Mukofotlari:

tahrir

• 1988-yil: „70 let Voorujyonnix Sil“ yubiley medali (SSSR). • 1989-yil: „Afgʻon xalqi minnatdorchiligi“ ordeni. • 1990-yil: „Za bezuprechnuyu slujbu“ 1-darajali mukofoti (KGB, SSSR). • 2004-yil: BMTning „Yaxshi niyatlar elchisi“ unvoni. • 2006-yil: „BUYUK CHINGIZXON“ ordeni (Mongoliya). • 2007-yil: „Mongoliya xizmat koʻrsatgan sport arbobi“ unvoni.

Komil Yusupovning Oʻrni va Merosi

tahrir

Komil Yusupov kurashni nafaqat sport turi sifatida, balki xalqlarni birlashtiruvchi va doʻstlikni mustahkamlovchi vosita sifatida jahon miqyosiga olib chiqdi. Uning kurashni rivojlantirish yoʻlidagi mehnati nafaqat Oʻzbekiston, balki butun dunyo sporti uchun muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda u oʻz faoliyatini davom ettirib, sport va yoshlarni rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshmoqda. Uning hayoti va faoliyati nafaqat sportchilar, balki jamiyatning barcha qatlamlari uchun ulkan ilhom manbai boʻlib qoladi. Komil Yusupov – sport va rahbarlikning yuksak namunasidir

Manbalar

tahrir

[1],[2]