2024-yil 12-iyun kuni Kongo Demokratik Respublikasining gʻarbiy qismidagi May-Ndombe provinsiyasida joylashgan Kongo daryosining irmoqlaridan biri boʻlgan Kva daryosida kema choʻkib ketishi natijasida, kamida 86 kishi, jumladan 21 bola halok boʻladi[2][3].

Asosiy
Sababi Halokat[1]
Mamlakat Kongo Demokratik Respublikasi
Sana 12-iyun 2024-yil
Talofatlar
Halok boʻlganlar 86+
Bedarak yoʻqolganlar Oʻnlab
Xarita

Tarixi

tahrir

Kunning ikkinchi yarmida bortida jami 272 yoʻlovchi boʻlgan ikkita kema Mushi portidan joʻnab ketadi. 6 soatdan keyin ulardan birining dvigateli toʻxtab qoladi, qorongʻuda kema toshlarga urilib, choʻkib ketadi. Ikki kemadan 185 kishi qirgʻoqqa yetib keladi. Qolgan yoʻlovchilarni qidirish ishlari davom ettiriladi. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, bedarak yoʻqolganlarning barchasi halok boʻlgan.

Tekshiruv

tahrir

Kongo prezidenti Feliks Tshisekedi hukumatga kema choʻkishi sabablarini oʻrganish va aniqlashni hamda kelajakda shu kabi hodisalarning oldini olish uchun barcha choralarni koʻrish vazifasini topshirdi[4].

Manbalar

tahrir
  1. В Конго перевернулась лодка с 271 пассажиром: более 80 человек погибли
  2. „U Demokratskoj Republici Kongo u potonuću broda poginulo najmanje 80 putnika“ (en). Federalna. Qaraldi: 2024-yil 16-iyun.
  3. Insider, Turkish „Затонувшее судно в Конго: 80 пассажиров погибли“ (ru). Turkish Insider (2024-yil 13-iyun). Qaraldi: 2024-yil 16-iyun.
  4. „Судно с почти 300 пассажирами затонуло в Демократической Республике Конго“ (ru). Судно с почти 300 пассажирами затонуло в Демократической Республике Конго. Qaraldi: 2024-yil 16-iyun.