Konseptual albom (musiqa) deya — musiqiy albomdagi barcha asarlar umumiy bir gʻoya yoʻlida: musiqa, matn, kompozitsiya ketma-ketligi, ijrosi bilan muvofiqlashtirilgan albomga nisbatan taʼkidlanadi[1][2]. Bunday albomning barcha musiqiy ijod naʼmunalari bir mavzuning yoki hikoyaning ajralmas qismi sifatida koʻriladi; bunday hikoya yoki mavzu konsepsiya deya nomlanadi[3]. Yuqoridagi sabablarga koʻra konseptual albom odatiy har-xil turdagi kompozitsiyalardan iborat musiqiy albomlardan farqlanadi. Koʻpincha konseptual deya taʼrifi aniq boʻlmagan, umumiy musiqiy kayfiyat hukmron boʻlgan albomlarga aytiladi, shu sababli albomning konseptualligini aniqlash qiyin hisoblanadi[2]. Ushbu formatdagi albomlar tarixi folk ijrochi Woody Guthriening 1940-yildagi „Dust Bowl Ballads“ albomidan boshlangan boʻlib, keyinchalik jaz musiqachi Frank Sinatra tomonidan 1940—1950-yillarda ommalashtirilgan. Ushbu termin koʻpincha Rok-musiqa janri bilan bogʻlanadi.

Eng taniqli konseptual albomlardan biri boʻlgan Sgt. Pepper's Lonely Hearts Club Band albomining 50 yilligiga atalgan Londondagi bilboard.

Bunga sab qilib Rok-operalarni keltirish mumkin boʻlib: ushbu „operalar“ syujetga ega va musiqachilar orasida rollarga boʻlingan holda ijro etiladi. Rok-operalar davomiyligi uzun boʻlgan musiqiy chiqishlar va „mehmon“ musiqachilar bilan birga yaratilgan albom sifatida ommaga eʼlon qilinishi mumkin. Konseptual albom sifatida yaratilgan rok operalarga misol qilib — Ayreon, Avantasia va Aina guruh va proyektlarining barcha musiqiy albomlari, rus pauer metal guruhi Epidemiya tomonidan yaratilgan Elfiyskaya rukopis albomi, Green Day guruhining „American Idiot“ va „21st Century Breakdown“ albomlarini keltirish mumkin. 1960-yillardan boshlab hozirgi kungacha koʻplab janrlarda mashhur konseptual albomlar yaratilgan.

Tavsifi

tahrir

„Konseptual albom“ atamasining aniq tavsifi yoʻq.[4]. Fiona Sturgesning The Independent nashriga xabar qilishicha, konseptual albomlar „avvalboshdan dramatik gʻoya asosidagi lonpley sifatida tavsiflangan, lekin bunday nomlash subyektivdir“[5]. Ushbu turdagi ijod naʼmunalarini 19-asrda ham yaratishgan boʻlib[6], ushbu naʼmunalar ham tavsiflanishda huddi yuqoridagi muammolarga uchragan[7]. Ushbu turdagi albomlarning keng miqyosda tavsiflanishi, konseptual albom deganda: soundtreklar, toʻplamlar, mashhur xitlar albomlari, bayramona va konsert albomlarini ham bu turga yanglish kiritilishiga sabab boʻlishi mumkin[7].

AllMusicning yozishicha: „Konseptual albom muallifning aynan biror-bir mavzudagi qoʻshiqlar toʻplami boʻlishi mumkin boʻlib, bunday plastinkalar 1950-yillarda ommalashgandi… Huddi shunday tarzda Konseptual albom atamasi 1960-yillardagi roknrollchilar oʻz isteʼdodlari chegarasidan chiqaolgan vaqtlar bilan ham chambarchas bogʻliqdir“"[8].

Manbalar

tahrir
  1. Cullen 2001, s. 98.
  2. 2,0 2,1 Elicker 2001, ss. 227–229.
  3. Jones 2008, s. 49.
  4. Elicker 2001, s. 227.
  5. Sturges, Fiona „The return of concept album“. The Independent (1-oktabr 2009-yil). Qaraldi: 25-aprel 2016-yil.
  6. Cucchiara, Romina „The Concept Album As a Performative Genre“. PopMatters (10-noyabr 2014-yil).
  7. 7,0 7,1 Elicker 2001, s. 228.
  8. AllMusic staff. „AllMusic Loves Concept Albums“. AllMusic (10-fevral 2014-yil). Qaraldi: 25-aprel 2016-yil.

Adabiyotlar

tahrir