Konstantin Yevlampiyevich Jitov – Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Konstantin Yevlampiyevich Jitov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1904-yil 27-may
 Rossiya Irkutsk viloyati
Vafoti 1995-yil 21-aprel
 UZB Toshkent
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari Xalqlar doʻstligi ordeni

Biografiyasi

tahrir

Konstantin Jitov 1904-yilda Gogan shahrida tugʻilgan. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) a’zosi hisoblangan.

1920-yildan 1991-yilgacha iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy yoʻnalishlarda faoliyat olib borgan. Xususan:

  • Irkutsk viloyati Verxolenskiy tumani RKSM (Inqilobiy kommunistik yoshlar ittifoqi (bolsheviklar)) okrug byurosining raisi va qoʻmita kotibi;
  • Ishchilar fakulteti talabasi;
  • Qizil professorlar instituti talabasi;
  • Osiyo Kommunistik universiteti Markaziy SSSR tarixi kafedrasi mudiri;
  • Oʻrta Osiyo Marksizm-Leninizm instituti direktor oʻrinbosari va tarix kafedrasi mudiri;
  • Oʻrta Osiyo inqilob tarixi ilmiy-tadqiqot instituti direktorining oʻrinbosari;
  • Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi huzuridagi Marksizm-leninizm instituti VKP (Butunittifoq kommunistik partiyasi) Kommunistik partiyasining Oʻzbekiston tarixi boʻlimi sektori mudiri;
  • Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi;
  • Fan boʻyicha direktor oʻrinbosari;
  • Partiya tarixi instituti direktori;
  • Bolsheviklar ittifoqi kommunistik partiyasi;
  • Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti;
  • Toshkent Oliy partiya maktabi KPSS tarixi kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan.

1995-yilda Toshkent shahrida vafot etgan va Botkin qabristoniga dafn etilgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. „Место захоронения“. 2020-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-yanvar.

Havolalar

tahrir