Konstantin Gerasimovich Rodenko (1923–1985) Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasi serjanti, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1945)[1][2].

Konstantin Rodenko Gerasimovich
Tavalludi 7-mart 1923-yil
Toshkent
Vafoti 25-iyun 1985-yil
Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Xizmatdagi yillari 1944 – 1945

Biografiyasi tahrir

Konstantin Rodenko 1923-yil 7-martda Toshkentda tavallud topgan. U maktabda toʻqqizinchi sinfgacha oʻqigan. Armiyaga chaqirilgunga qadar Solikamskda yashab, ishlagan. Rodenko 1944-yilda ishchilar va Qizil dehqonlar armiyasi safiga chaqirildi. Oʻsha yildan Ulugʻ Vatan urushi frontida xizmat qila boshlagan.

1945-yil aprel oyiga kelib serjant Konstantin Rodenko 3-Belorussiya fronti 43-armiyasining 70-piyoda diviziyasining 224-artilleriya polkida qoʻmondonlik vazifasini bajardi. USharqiy Prussiyadagi janglarda ajralib turardi. Rodenko ekipaji Kyonigsbergga yaqinlashishda Gross-Fridrixsbergning hududi uchun boʻlgan jangda 4 ta ogʻir pulemyotni, 1 ta kuzatuv postini, 1 ta artilleriya qurolini va koʻp sonli dushman askarlari va ofitserlarini yoʻq qildi. Nemislarning qarshi hujumini qaytarish paytida shaxsan oʻzi dushmanning 40 ga yaqin askar va zobitlarini yoʻq qildi. Rodenko ekipaji 1945-yil 9-aprelda Moditten qal’asi uchun boʻlgan jangda kanal boʻylab koʻprik qurdi va birinchi boʻlib dushman pozitsiyasiga kirib, 1 ta tankni yoʻq qildi. Nemislarning qarshi hujumlarini qaytarish paytida Rodenko 17 ta dushman askarini yoʻq qildi.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 19-apreldagi farmoni bilan serjant Konstantin Rodenkoga „Nemis bosqinchilariga qarshi kurash frontida qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun“ Lenin ordeni,8867 sonli „Oltin yulduz“ medali va Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi.

Rodenko urush tugaganidan keyin Sovet Armiyasida xizmat qilishni davom ettirdi. Toshkentda yashab ijod qilgan.1985-yil 25-iyunda vafot etgan va Toshkent harbiy qabristonidagi Qahramonlar xiyoboniga dafn etilgan.

Shuningdek, u 1-darajali Vatan urushi, Qizil Yulduz ordeni va bir qator medallar bilan taqdirlangan.

Manbalar tahrir

  1. Герои Советского Союза: Краткий биографический словарь / Пред. ред. коллегии И. Н. Шкадов. — М.: Воениздат, 1988. — Т. 2 /Любов — Ящук/. — 863 с. — 100 000 экз. — ISBN 5-203-00536-2.. 
  2. Золотые Звёзды Прикамья. 4-е изд. Пермь, 1988.. 

Adabiyot tahrir

  • Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. – M.: Voenizdat, 1988. – T. 2 /Lyubov – Yaщuk/. – 863 s. – 100 000 ekz. – ISBN 5-203-00536-2.
  • Geroi Prikamya. Perm. „Pushka“, 2006.
  • Geroi Sovetskogo Soyuza – uzbekistansi. Tashkent, 1984.
  • Drigo S. V. Za podvigom – podvig. Kaliningradskoe kn.izd., 1984.
  • Zolotie Zvyozdi Prikamya. 4-e izd. Perm, 1988.
  • Pochyotnie grajdane g. Solikamska… – Solikamsk, 2000.