Konstantin Shubladze
Konstantin Konstantinovich Shubladze (1907- yoki 1908 — 1985-yil 13-aprel[1]) — sovet davlat, partiya va xoʻjalik arbobi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Andijon viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi (1944—1946), 1960-yillarning 2-yarmida melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari.
Konstantin Konstantinovich Shubladze | |
---|---|
SSSR melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari- | |
Mansab davri 1966-yil 13-aprel – 1989-yil 25-mart | |
Oʻzbekiston KP (b) Andijon viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi- | |
Mansab davri 1944 – 1946 | |
Avvalgisi | Yuvenaliy Аlekseyevich Bakulin |
Keyingisi | Аbdurazzoq Маvlonov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 19-avgust 1907-yil |
Vafoti | 13-aprel 1985-yil (77 yosh) |
Siyosiy partiyasi | КPSS |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirOʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy-tadqiqot instituti mexanizatsiya boʻlimi boshligʻi, Shimoliy Toshkent kanali qurilishi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi kotibi boʻlgan. 1944—1946-yillarda — Oʻzbekiston KP (b) Andijon viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi. Qrim tatar yozuvchisi Shamil Alyadin oʻzining ,,Men sening shoh va xudoingman" nomli avtobiografik qissasida eslagab oʻtishicha, garchi Shubladze oʻzini rasman qrim-tatar muhojirlarining huquqlarini cheklash boʻyicha partiya koʻrsatmalariga amal qilgandek koʻrsatsa-da, aslida Shamil Alyadinga bir necha bor homiylik qilgan.
1947-yildan — Oʻzbekiston SSR suv xoʻjaligi vaziri.
1950-yildan boshlab Moskvada, ittifoqdosh ijroiya organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan: 1951-1963 yillarda — SSSR Qishloq xoʻjaligi vazirligida suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi, 1963—1966-yillarda — SSSR Vazirlar Kengashining Sugʻoriladigan dehqonchilik va suv xoʻjaligi Davlat ishlab chiqarish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, 1966-yildan — SSSR melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari. Keyinchalik Qishloq xoʻjaligi ilmiy-texnika birlashmasi markaziy kengashi aʼzosi.