Konstantin Slivitskiy
Konstantin Ivanovich Slivitskiy (1870- 1942-yillarda yashab oʻtgan) – Kushka qal’asi shtab boshligʻi (1905-yil), kapitani. Turkistonda sovet hokimiyatini agʻdarishga urinishlarni bostirishda muhim rol oʻynagan. Kushka qalʼasi garnizoni askar deputatlari kengashi raisi. Sovet Ittifoqining Аfgʻonistondagi birinchi norasmiy vakili.
Konstantin Ivanovich Slivitskiy | |
---|---|
shtab-kapitan | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1870-yil Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
1942-yil noyabr oyida Тoshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Biografiyasi
tahrirKonstantin Ivanovich Slivitskiy Aleksandr maktabini[1]
tugatgandan soʻng, Kushkaga xizmat qilish uchun yuborilgan. 1905-yildan qal’a shtab boshligʻi sifatida faoliyatini boshlagan. Konstantin Slivitskiy oʻsha paytda Kushkada Oʻrta Osiyodagi eng qudratli ,,Spark” radiostansiyasiga asos solganlardan hisoblangan.
1917-yilda Konstantin Askarlar deputatlari kengashining raisi etib saylangan. Qizillar tarafidan fuqarolar urushi qatnashchisi. 1918-yilda uning qoʻmondonligidagi qal’a garnizoni bolsheviklarga qarshi kuchlarning qamaliga dosh bergan. Konstantin Ivanovich rahbarligida Afgʻoniston uchun radiorazvedka va kontrrazvedka tashkil etilgan.
Konstantin Slivitskiy 1920-yil avgust oyidan 1921-yil mart oyigacha oilasi bilan sovet vakili sifatida Afgʻonistonning Kobulda istiqomat qilgan. Keyinchalik esa Toshkentdagi Ijroiya komissarligi boʻlimiga oʻtkazilgan.
Konstantin Ivanovich Slivitskiy 1942-yilning noyabrida miyaga qon quyilishi natijasida Toshkentda vafot etgan va shaharning Botkin qabristoniga dafn qilingan.
Oilasi
tahrirK. I. Slivitskiyning oʻgʻli — Konstantin Slivitskiy (1906-1983-yil 23-avgust) taniqli Toshkent qisqa toʻlqinli radio havaskori edi.
Adabiyotlar
tahrir- Demyanov V.K.ning xotiralari (qo'lyozma). «Oʻzbekistonda Oktabr inqilobi gʻalabasi», «Oʻzbekistonda Sovet hokimiyatining oʻrnatilishi», 1963-yil.
Manbalar
tahrir- ↑ В некоторых источниках указывается, что он окончил Александровский кадетский корпус в Санкт-Петербурге.