Korn dog
Korn dog (inglizcha: corn dog — "makkajoʻxori iti") — sosiska boʻlagi makkajoʻxori unidan tayyorlangan xamir bilan qoplanib, qizib turgan yogʻda qovurib olinadi. U sosiskali bulochka yoki hot dogning analogidir Deyarli har doim yogʻoch tayoqchalar bilan beriladi. Lekin baʼzi dastlabki versiyalarda tayoqchalari boʻlmagan.
Tarixi
tahrirKorn dog ning kelib chiqishi bilan bogʻliq baʼzi baxsli fikrlar mavjud. Qaysidir maʼnoda u 1920-yillarda AQShda paydo boʻlib,1940-yillarda milliy miqyosda ommalashgan. 1927-yilda patent uchun hujjat topshirilgan, 1929-yilda tasdiqlangan. pishirish jarayonini himoya qiluvchi AQSh patentida tayoqdagi qovurilgan ovqat haqida maʼlumot keltirilgan[1]. Oshxona kolleksiyalarining 300 yilida muallif Linda Franklin Kempbellning taʼkidlashicha, korn dog uchun birinchi mashina (Krusty Korn Dog baker) 1929-yilda ulgurji mehmonxona va restoran oziq-ovqat katalogida paydo boʻlgan. Korn doglar makkajoʻxori unidan boʻlgan xamir bilan pishirilgan, tayyor holatida makkajoʻxori soʻtasini yodga solardi[2].
The New York Times gazetasida „Korn dog“ga ishora qiluvchi maqola 1947-yildayoq yozilgan[3].Bir qancha sotuvchilar esa corn dogni aynan ular ixtiro qilganlarini daʼvo qilmoqdalar.
Tayyorlanishi
tahrirKorn dog koʻcha taomlari yoki tez tayyor boʻluvchi taom turiga kiradi. Baʻzi sotuvchilar yoki restaratorlar korn doglarni dasturxonga tortishdan yoki xaridorga berishdan oldin qovurishadi[4]. Bu turdagi taomlarni Shimoliy Amerikadagi deyarli har qanday supermarketda yaxna holatda topish mumkin, faqat uni qizdirib olish kerak boʻladi. Baʼzi sotuvchilar muzlagan yemakni eritib, qoʻngʻir rangga kirguniga bir sidra qovurib oladilar. Tayyor muzlatilgan Korn doglar mikrotoʻlqinli pechda pishirib olinishi mumkin, ammo ustki qatlami chiroyli chiqmaydi[5][6][7]. Bu taomlarni shunchaki oʻzini yoki ketchup, xantal va mayonez kabi turli xil souslar bilan isteʼmol qilinish mumkin.
Turlari
tahrirNonushta uchun sosiskalar frityurda pankeyklar ichiga solib qovuriladi.
Argentinada ular Panchukers deb ataladi va asosan vokzal yaqinida, sotiladi, shuningdek, mamlakatning markaziy qismida ham juda mashhur. Koʻpincha koʻchalarda sotiladi, baʻzan ichiga pishloq ham solinishi mumkin. Koʻp souslar bilan isteʼmol qilinadi.
Avstraliyada corn dog mintaqaga qarab Dagwood Dog, Pluto Pup yoki Dippy Dog nomlari bilan mashhur.
Har yilgi bayramlar
tahrirAmerikaliklar har yili mart oyining birinchi shanbasida Milliy Corn dog kunini nishonlaydilar.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ "The Oregon Pedigree of the Corndog", 21 July 2010, Dave Knows Portland
- ↑ „Corndogs & Pronto Pups“. Lynne Olver. 2012-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 2-iyul.
- ↑ „History of Corndogs“. Services Group of America. 2012-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 2-iyul.
- ↑ „The Social Life of Street Food — Seattle — Corn Dog“. Index Newspapers, LLC (2001). 2012-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 1-avgust.
- ↑ „Corn Dogs“. Schwan's Home Service (2008). 2012-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 1-avgust.
- ↑ „Corn dog fryer (patent description)“. FreePatentsOnline (1995). 2012-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 1-avgust.
- ↑ „Month-Old Onion Rings and Frozen Corn Dogs — Adventures in Snacking“. Cornell Daily Sun (2007). 2012-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 1-avgust. (WebCite saytida 2012-02-21 sanasida arxivlangan)