Замок Коти (yaponcha: 高知城 коти-дзё?) Koti qal’asi — oʻrta asrlarga xos qal’a. Yaponiyaning Koti prefekturasi, Koti shahrida joylashgan.

Tarixi tahrir

Sekigahara jangidan soʻng (1600-yil) daimyo Yamauchi Kazutoyo jangda koʻrsatgan yordami uchun mukofot sifatida syogun Tokugava Ieyasudan Tosa provinsiyasida (zamonaviy Kochi prefekturasi) yer uchastkasi olgan. U bu yerda Kochi qal’asini qurishni buyurgan.

Qurilish 1601-yilda boshlangan va 1611-yilgacha davom etgan[1]. Asl istehkomning katta qismi, jumladan, asosiy minora ham 1727-yili roʻy bergan yongʻinda yonib ketgan. 1729-1753-yillarda qal’a asl holiga keltirilgan. Asosiy rekonstruksiya 1948-1959-yillarda amalga oshirilgan.

Meiji davrida qal’a binolarining aksar qismi vayron qilingan, faqat asosiy minora va darvoza saqlanib qolgan xolos[1].

Qal’a mavjud boʻlgan vaqt davomida biror marotaba jangda qatnashmagan. Qal’aning ahamiyati shundaki, u boshqa tarixiy inshootlardan farqli oʻlaroq, urushlar paytida vayron boʻlganidan keyin qayta tiklanib asl shaklida saqlanib qolgan kam sonli qal’alardan biridir. Aslida, bu qal’aning ichki halqasi boʻlgan honmaru saqlanib qolgan yagona qal’adir.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Николас Борнофф.. The National geographic traveler. Япония, Путеводитель проверенный временем. АСТ, 2005 — 311 bet. ISBN 5-17-026727-4. 

Havolalar tahrir