Kotibiy. (Shamsiddin Muhammad) - shoir, munshiy va xattot. XV asr o‘rtalarida Astrobodda vafot etgan. Alisher Navoiy uning “Xamsa” yozishga kirishgani, ammo oxiriga yetmay vafot etgani haqida guvohlik beradi. Boburning “Aruz” risolasida Kotibiyning baytlaridan namunalar keltirilgan. Shuningdek, "Boburnoma"da sermahsul ijodkor Kotibiyning “Maxzanul-asror”ga javoban yozgan dostoni zulbahrayn va zulqofiyatayn ekanligi qayd etilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • “Boburnoma”. Toshkent. – 2008.
  • A. Navoiy. Majolisun nafois. –Toshkent: Sharq, 1961
  • Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediya. SHARQ. – T.: 2014.