Kotton-Mouton effekti
To'lqin optikasida Cotton-Mouton effekti doimiy ko'ndalang magnit maydon mavjud bo'lganda suyuqlikdagi yorug'likning ikkilanib sinishidir . Bu Voigt effektiga o'xshash, ammo kuchliroq ta'sir (Voigt effektida muhit suyuqlik o'rniga gazdir). Mazkur effektning elektr analogi esa Kerr effektidir .
Effekt 1905-yilda o'zaro hamkorlikda faoliyat yuritgan ikki olim Aimé Cotton va Henri Mouton tomonidan kashf etilgan va bu haqidagi maqola Comptes rendus hebdomadaires des séances de l'Académie des sciences jurnalida chop etilgan.[1][2]
Chiziqli qutblangan to'lqin magnit maydonga perpendikulyar ravishda tarqalsa (masalan, magnitlangan plazmada), u elliptik qutblanib qolishi mumkin. Chiziqli qutblangan to'lqin fazadagi X va O rejimlarining ba'zi kombinatsiyasi bo'lgani uchun, hamda, X va O to'lqinlari turli faza tezligida tarqalayotganligi sababli, paydo bo'lgan nur elliptik qutblangan bo'ladi. To'lqinlar tarqalishi bilan EX va EO o'rtasidagi fazalar farqi (δ) ortadi.[3]
Shuningdek qarang
tahrir- Kotton effekti
Manbalar
tahrir- ↑ Cotton, Aimé; Mouton, Henri (1905-07-31). "Sur le phénomène de Majorana". Comptes rendus hebdomadaires des séances de l'Académie des sciences 141: 317-319. https://gallica.bnf.fr/ark:/12148/bpt6k3095m/f317.image.r=cotton. Qaraldi: 2022-11-18.Kotton-Mouton effekti]]
- ↑ Cotton, Aimé; Mouton, Henri (1905-08-07). "Sur la biréfringence magnétique. Nouveaux liquides actifs". Comptes rendus hebdomadaires des séances de l'Académie des sciences 141: 349-351. https://gallica.bnf.fr/ark:/12148/bpt6k3095m/f349.image.r=cotton. Qaraldi: 2022-11-18.Kotton-Mouton effekti]]
- ↑ Eric W. Weisstein. „Cotton-Mouton Effect -- from Eric Weisstein's World of Physics“. Wolfram Research, Inc.. Qaraldi: 2016-yil 25-oktyabr.