Kozue Ando (yapon:安藤 梢 1982-yil 9-iyulda tugʻilgan) — yaponiyalik futbolchi. Hozirda Ando Urava Reds safida klub futbol oʻynamoqda. U 2015-yilda yilgacha Yaponiya terma jamoasi tarkibida toʻp surgan. 2015-yilda esa Yaponiya terma jamoasidagi faoilyatini yakunlagan.

Kozue Ando
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi 安藤 梢
Tavallud sanasi 9-iyul 1982-yil (1982-07-09) (41 yosh)
Tavallud joyi Utsunomiya, TochigiYaponiya
Boʻyi 165 sm
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Urawa Reds
Raqami 10

Klubdagi Karyera tahrir

 
Yapon futbolchisi Ando Kozue

Ando 1982-yil 9-iyulda Utsunomiyada tugʻilgan. 2002-yilda Tsukuba universiteti talabasi boʻlganida, u Saitama Reinas FC (keyinchalik Urava Reds)ga qoʻshilish uchun universitet klubini tark etgan. 2002-yilgi mavsumda u 10 ta gol urdi va «Yosh oʻyinchi» mukofoti bilan taqdirlandi. U eng yaxshi toʻpurarga aylandi 2004 va 2009-yillarda MVP mukofotiga loyiq deb topildi. Shuningdek, u 6 marta Best Eleven tomonidan tanlangan. 2010-yildan beri Germaniya Bundesligasining Duysburg, Frankfurt va Essen klublarida oʻynagan. Frankfurtda u UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi 2014/15-mavsumida gʻolib chiqdi. 2017-yil iyun oyida u Yaponiyaga qaytib, Urava Reds safiga qoʻshildi.

Terma jamoadagi karyera tahrir

1999-yil iyun oyi, Ando 16 yoshga toʻlganida, 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun Yaponiya terma jamoasidan chaqiruv oldi. Ushbu musobaqada u 26-iyun kuni Norvegiyaga qarshi debyut qildi. U toʻrt marta jahon chempionatida va uch marta yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Ando finalda AQSHni penaltilar seriyasida magʻlub etib, 2011-yilgi jahon chempionatida gʻalaba qozongan jamoa aʼzosi edi. Finalni Ando boshlab bergan[1]. Ando shuningdek, 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida kumush medal[2] va 2015-yilgi Jahon kubogida ikkinchi oʻrinni egallagan Yaponiya terma jamoasi tarkibida oʻynagan. JCh-2015da Shveysariyaga qarshi birinchi oʻyinda u penalti ishladi, ammo oʻsha paytda u chap toʻpigʻini sindirib oldi. Bu oʻyin uning Yaponiya terma jamoasidagi soʻngi oʻyini boʻldi. 2015-yilgacha Kozue Ando Yaponiya terma jamoasi safida 126 oʻyin oʻtkazib, 19 ta gol urgan.

Taʼlim tahrir

Ando Utsunomiya qizlar oʻrta maktabini tamomlagan. 2018-yil may oyida Tsukuba universitetida jismoniy tarbiya, salomatlik va sport fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

 
Ando Dyusburg tarkibida

Karyera statistikasi tahrir

Klubdagi statistika tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Liga Qitʼa1 Umumiy
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Urawa Reds 2002 11 10 - -
2003 20 8 - -
2004 14 12 - -
2005 21 13 4 7 - - 25 20
2006 17 6 3 2 - - 20 8
2007 21 18 3 2 2 1 - 26 21
2008 21 13 2 1 - - 23 14
2009 21 18 4 1 - - 25 19
Umumiy 146 98 2 1 -
Duisburg 2009–10 10 6 3 1 - 2 0 15 7
2010–11 20 5 3 1 4 2 10 1 37 9
2011–12 17 6 2 3 - - 19 9
2012–13 11 2 2 1 - - 13 3
Umumiy 58 19 10 6 4 2 12 1 84 28
Frankfurt 2012–13 10 4 -
Umumiy 10 4
Karyerada umumiy 214 121 6 3 12 1

Terma jamoadagi statistika tahrir

 
Ando 2011-yilgi jahon chempionatida
Yaponiya terma jamoasi
Yil Oʻyin Gol
1999 1 0
2000 5 0
2001 0 0
2002 5 0
2003 1 2
2004 6 1
2005 9 1
2006 16 3
2007 9 0
2008 16 3
2009 3 1
2010 8 6
2011 18 0
2012 13 0
2013 5 1
2014 4 0
2015 7 1
Umumiy 126 19

Xalqaro gollar tahrir

Raqam Sana Joy Raqib Hisob Natija Turnir
1. 30-Iyul 2006-yil Hindmarsh Stadium, Adelaida, Australiya   1–3 2–3 2006 AFC Ayollar oʻrtasida Osiyo kubogi
2. 31-May 2008-yil Thống Nhất Stadium, Hồ Chí Minh City, Vietnam   3–0 11–0 2008 AFC Ayollar oʻrtasida Osiyo kubogi
3. 2-Iyun 2008-yil   1–0 3–1
4. 22-May 2010-yil Chengdu Sports Centre, Chengdu, Xitoy   4–0 4–0 2010 AFC Ayollar oʻrtasida Osiyo kubogi
5. 24-May 2010-yil   1–0 2–1
6. 30-May 2010-yil   1–0 2–0

Yutuqlar tahrir

Klubda tahrir

  Urawa Reds Ladies tahrir

  • L.Liga gʻolibi 2004, 2009

  FCR 2001 Duisburg tahrir

  • DFB Pokal gʻolibi 2009/10-yillar

  Frankfurt tahrir

  • DFB Pokal gʻolibi 2013/14-yilar
  • UEFA Ayollar oʻrtasida chempionlar ligasi gʻolibi 2014/15-yillar

Terma jamoada tahrir

  • FIFA Ayollar oʻrtasida jahon chempionati gʻolibi 2011-yil

Shaxsiy yutuqlar tahrir

  • MVP 2004, 2009
  • Best Eleven 2002, 2004, 2005, 2007, 2008, 2009
  • Eng yaxshi yosh oʻyinchi 2002

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir