Krakov teshik kulchasi (polyakcha: obwarzanek krakowski yoki obarzanek krakowski[1]) — Polsha oshxonasiga xos boʻlgan halqa shaklidagi pishiriq. Krakovdagi anʼanaviy koʻcha yeguliklaridan biri.

Etimologiyasi

tahrir

Polyak tilidagi „obwarzanek“ soʻzi (shuningdek, „obarzanek“ deb yozilishi ham mumkin) „obwarzać“ (s) (polyak tilida "kuydirmoq", „qaynoq suv bilan quymoq“) feʼlidan olingan[2]. Tarixiy nuqtai nazardan ruscha „baranka“ soʻzi bilan ham bogʻliqligi bor[3].

Retsepti

tahrir

Krakov teshik kulchasi oval yoki doira shaklida boʻlib, oʻrtasida teshigi mavjud va spiral shaklida oʻralgan xamirturushli xamirining ikki yoki uchta boʻlagidan iborat. Rangi och tillarangdan och jigarranggacha oʻzgaradi. Anʼanaviy Krakov teshi kkulchasining diametri 12-17 santimetr, qalinligi 2-4 santimetr, ogʻirligi 80-120 grammni tashkil qiladi. Teshik kulchaning yuzasi silliq yoki biroz gʻadir-budir boʻlishi mumkin.

Teshik kulchalarning ustiga turli xil mahsulotlar — koʻkatlar, qizil qalampir, pishloq, piyoz, mak urugʻi, kunjut, zira yoki zigʻir sepiladi[4].

Krakov teshik kulchalari odatda qadoqlanmagan holatda sotiladi, chunki teshik kulcha toʻliq sovimasdan qadoqlansa, qarsildoqlik xususiyati yoʻqoladi.

Tarixi

tahrir
 
Krakovda techik kulcha sotish (2014)

Bizgacha yetib kelgan Krakov teshik kulchalari haqidagi ilk qaydlar qirol Vladislav II Yagello (Yagaylo) va qirolicha Yadviga hukmronligi davriga tegishli. 1394-yil 2-mart sanasiga oid saroy qaydlarida shunday deyilgan: "Dla królowej pani pro circulis obrzanky 1 grosz "[5] (polyak.dan — „Qirolicha uchun teshik kulchaga 1 aqcha“). Unda polyak tilidagi „obrzanky“ soʻzi ham, lotincha „circuli“ soʻzi ham ishlatilgan.

1496-yilda qirol Yan I Olbraxt Krakov novvoylari gildiyasiga oq non, shu jumladan teshik kulcha pishirish boʻyicha monopoliya berdi. Ushbu monopoliya Yan III Sobeskiy davrigacha davom etdi. 1611-yilda shahar ichida teshik kulchalar sotish jarayoni tartibga solindi[6].

1802-yil 22-yanvarda chiqarilgan farmonga koʻra, har qanday novvoy teshik kulcha pishirishga ruxsat berilgan nonvoylar orasidagi navbati kelgandagina ularni pishira olardi. Teshik kulcha pishirish huquqiga ega boʻlgan novvoylar qur’a tashlash yoʻli bilan tanlangan. Qur’a tashlash odati karra ehtimol bilan 1849-yilda toʻxtatilgan.

Teshikkulcha sotiladigan rastalar ertalab soat oltigacha ochib qoʻyilardi. Pishirilgan mahsulotlarning sifati va yangiligini gildiya nazorat qilgan. Shuningdek, 1950-yillarga qadar teshikkulchalar toʻgʻridan-toʻgʻri savatlardan olib sotilgan.

Bugungi kunda Krakovda kuniga taxminan 150 000 dona teshik kulcha sotiladi.

Manbalar

tahrir
  1. „Obwarzanek“ (pl). Słownik języka polskiego PWN. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-aprel.
  2. Maria Balinska. The Bagel: The Surprising History of a Modest Bread. Yale University Press, 2008 — 15-bet. ISBN 978-0-300-11229-0. 
  3. „Этимология слова баранка“ (ru). Сборник энциклопедий и словарей русского языка. 2020-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-aprel.
  4. „Obwarzanek krakowski“ (en). EUR-Lex (2010-yil 16-fevral). 2020-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-aprel.
  5. Maria Dembińska. Food and Drink in Medieval Poland: Rediscovering a Cuisine of the Past. Philadelphia: University of Pennsylvania Press, 1999 — 115-bet. ISBN 0-8122-3224-0. 
  6. Maria Dembińska. Food and Drink in Medieval Poland: Rediscovering a Cuisine of the Past. Philadelphia: University of Pennsylvania Press, 1999 — 115-bet. ISBN 0-8122-3224-0.