Krasnoslav Petrovich Dudin - Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Krasnoslav Dudin Petrovich
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1929-yil 20-oktabr
Vafoti 1995-yil 25-yanvar (65 yosh)
Toshkent Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Krasnoslav Dudin Petrovich 1929-yil 20-oktabrda tugʻilgan. Iqtisodchi olim KPSS a’zosi hisoblangan.

1952-1946-yillarda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy yoʻnalishlarda faoliyat olib borgan. Xususan:

  • Tuva qurilish-montaj idorasi ustasi, katta prorabi;
  • Margʻilon qurilish-montaj boshqarmasi boshligʻi;
  • Fargʻona viloyat partiya qoʻmitasi sanoat va transport boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari;
  • Fargʻona shahar partiya qoʻmitasi ikkinchi kotibi, boʻlim inspektori;
  • Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining tashkiliy-partiya ishlari boʻlimi;
  • Glavtoshkentstroyning 11-sonli ,,Vysotstroy” qurilish tresti boshligʻi;
  • Toshkent shahar partiya qoʻmitasi kotibi, ikkinchi kotibi;
  • ,,Glavtashkentqurilish” boshqarmasi boshligʻi,
  • Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy bankining rivojlanish boshqarmasi qurilish boshligʻi vazifasida ishlagan.

Toshkent shahar markaziy arxitekturasi uchun (1966-1974-yillarda) jamoaviy tarkibda adabiyot, san’at va me’morchilik yoʻnalishida SSSR Davlat mukofotini qoʻlga kiritgan.

Krasnoslav Dudin shuningdek, Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining  9-, 10-, 11- va 12-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

Davlat va siyosat arbobi  Dudin 1995-yilda Toshkentda vafot etgan va shahardagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.

Havolalar

tahrir
  • OZP65
  • Dudin Архивная копия -da arxivlangan
  • GARF R7523 105 151 " SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1971-yil 25-avgustda qabul qilingan Farmoni va unga materiallar / 14-sonli bayonnomaga / No 2074-VIII. 6-jild