Krilov Aleksander Nikolayevich - (nem. Krylov Aleksander), 1969-yil iyulda tug'ilgan, german - rossiyalik filosofi va sotsiologi.

Biografik ma'lumotlar

tahrir

Tarixiy, iqtisodiy va sotsial - filosofik ma'lumot olgan, M. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetida psixoanaliz bo'yicha dissertatsiya yoqlagan (1999). Tarix o'qituvchisi, jurnalist, "Rossiya Bolalari" fondining jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha bo'lim rahbari (1993-1998), Moskwadagi Milliy biznes instituti iqtisod va boshqaruv fakulteti o'qituvchi, dekan o'rinbosari (1998-2000), Bremen universitetining Jahon iqtisodi va xalqaro menedjment instituti xalqaro loyixalar rahbari, o'qituvchisi va ilmiy xodim, Berlin-Potsdamdagi menedjment va kominukatsiyalar universitetida professor va direktor bo'lib ishlagan. 1998-yildan "Kommunikatsiya menedjmenti", "Korporativ kommunikatsiyalar", "Pablik rileshnz", "Baynalmilal madaniyat menedjmenti", "Menedjment, marketing va reklamada psixologik taxlil", "Korporativ birxillik" kurslaridan dars beradi. 2004 yildan asosiy faoliyati bilan bir vaqtda Milliy institutning menedjment va tadbirkorlik kafedrasining professori. 2002 yildan Bremen iqtisodiyot maktabining boshqaruv a'zosi, 2007 yildan - vitse-prezidenti. 2008 yildan Berlin Vest-Ost institutida direktor bo'lib ishlaydi. Jamoatchilik faoliyati Alexander Krilov xalqaro ilmiy kooperatsiya va ta'lim hamkorligining rivojlanishiga, xususan xalqaro ilmiy loyihalarga Oʻzbekiston va O'rta Osiyo olimlarini jalb etishga katta ahamiyat beradi. 2002 yilda "Diskurs: Garb-Shark" xalqaro ilmiy konferentsiyalar turkumini yaratdi. "Bilim. Anglash. Bilish." jurnalining tahririyat xay'ati a'zosi. Germaniya-Rossiya Forumi a'zosi. "Yevraziya olimlar iqtisod klubi" Assotsiatsiyasi va boshqa jamoat va professional tashkilotlar a'zosi.

Ilmiy faoliyati

tahrir

A.N. Krilovning ilmiy qiziqishlari psixoanaliz sohasida, jamiyat aloqalari sotsial va korporativ hamohanglik, iqtisodiy etika va jamiyatni globallashuv sharoitida boshqarish sohalarida yotadi. U birinchilardan bo'lib Rossiyalik psixoanalitiklarning falsafa va ruxshonoslik sohalarini qamrab olgan ishlari bo'yicha ilmiy izlanish olib bordi (Moskva va Vena, 1995-1998) va "Rossiya psixoanalitikasi an'anasi" tushunchasini kiritdi (1998). Psixoanaliz g'oydalaridan jamiyat va korporativ aloqalarini o'rganishda foydalandi. Birinchilardan bo'lib post sovet hududida korporativ hamohanglik muammolari bo'yicha ilmiy izlanish boshladi va mazkur muammolar bo'yicha rus tilida birinchi kitobni chop etdi (2004). A.N Krilovning qarashicha korporativ hamohanglik tashqi farqlanish (firmaviy uslubu) ni emas, balki shaxs, mahsulot va tashkilotdagi sotsial psixologik hamohanglikni tashkil etadi. Korporativ hamohanglikning zarur elementlaridan biri korporativ falsafa, korporativ hulq atvor, korporativ madaniyat va korporativ dizayndir. 2013 yil A.N.Krilov Corporate Governance, Public Relations, Government Relations, Corporate Social Responsibility va xokazolar kabi yangi iqtisodiy intizomlarning o'zgarishi va rolini tushuntirib beruvchi ”sotsial biznes sensibilizatsiyasi” tushunchasini ifodalab berdi. Uning korporativ komunikatsiya bo’yicha ishlarida ochiq oydinlikka va tiniqlikka alohida ahamiyat beriladi, bu, A.N.Krilov bo’yicha, aloqalar bilan jamoatchilikning marketingdan eng muhim farqi hisoblanadi.U iqtisodiy axloqni o'rganish va rivojlantirishga salmoqli hissa qo'shdi. "Hamohanglik taraqqiyoti" (2010) monografiyasida A.N.Krilov o’z konseptsiyasini taqdim etdi, unga ko’ra, inson hamohangligi ijtimoiy hamohangliklar (milliy, professional, din’iy va boshqalar) to’plamini namoyon etadi, qaysiki jamiyat holatini va tarixiy jarayonining rivojlanishda o’zgarishini. Postindustrial jamiyat sharoitida an’anaviy hamohangliklar kamroq yetakchilik rolini o’ynaydi, uni yangi hamohangliklarga bo’shatib beradi. U "Diniy hamohanglik" (2012) monografiyasida diniy hamohanglik inson o'zini anglashining birinci formalaridan biri ekanligini ko'rsatib berdi. Inson ruhiyati A.N.Krilovning ilmiy ishlarida oldingi o'rinlaridan joy olib keladi.

Tanlangan ishlar:

tahrir
  • Krilov, A.N. (red.) Korporativ sotsial javobgarlik: iqtisodiy modellar - axloq-yutuq-barqaror rivojlanish.- M.: Ikar/ Berlin: Vest-Ost-Ferlag, 2013.-450 b. (ISBN 978-5-7974-0337-1)
  • Krilov, A.N. Diniy hamohanglik. Postindustrial makonda individual va kollektiv o'zini anglash.2chi nashr.,-M.: Ikar nashriyoti, 2012.-306 b. ISBN 978-5-7974-0293-0)
  • Krilov, A.N. Hamohanglik evolutsiyasi: industrial jamiyatda krizis va individning yangicha o'zini anglashi. M.:NIB nashriyoti, 2010. -272 b. (ISBN 978-3-8309-0356-1)
  • Krylov Alexander, Schauf, Tobias (Hg.): Internationales Management. Fachspezifische Tendenzen und Best-Practice. Lit Verlag, Berlin, 2008- 436 S. (978-3-8258-12-58-4)
  • Sell,A. / Krylov, A (Hrsg.):Corporate Goverrnance. Unternehmensverfassung im Ost-West-Dialog, Verlag Peter Lang, Bern/ Berlin/Bruessel/Frankfurt/Oxford/New York, 2006.408 S. (ISBN 3-631-55628-4)
  • Krilov, A.N. Menejer va marketologlar uchun korporativ hamohanglik. M.:Ikar nashriyoti,2004. – 222 b. (ISBN 5-7974-0084-7)
  • Krilov A., N.Oberlizen. R. va boshqalar. "Kelajak uchun maqsadlar: jamiyatdagi ta'lim tog'risidagi transmilliy suhbatlar". Bremen - Moskva, NIB nashriyoti 204. -326 b. (ISBN 5-8309-0152-8)
  • Krilov, A.N. Aloqalar menedjmenti. Nazariya va amaliyot. M.: Milliy Biznes Instituti nashriyoti, 2002. -202b. (ISBN 5-8309-009-1)
  • Krilov, A.N. Rossiya psixoanalizida inson. M.,1999-204b. (ISBN 5-8309-0022-x)

Manbaalar /Alexander Krilov to'g'risida adabiyotlar

tahrir
  • Alexander N.Krylov//Who's Who in the World. Marquis Who's Who; 27edition, 2009, P. 1614
  • Krylov, Alexander//Biografien in: Zur Frage der Reputation, Bremen: Universitaet Bremen, 2006. S. 131-132
  • Krilov, A.N.// Psixoanaliz: eng yangi entsiklopediya. Mn: Knijniy dom, 2010., 371-372 b.
  • Krilov, A.N.// Ovcharenko.V.I. Rossiya psixoanalitiklari. M.:Akademicheskiy proyekt, 2000. 138 b.
  • Krilov, A.N. "Rossiya olimlari" entsiklopediyasi http://www.famous-scienttists.ru/11487[sayt ishlamaydi]