Kripto-islom oʻzini boshqa eʼtiqodda deb eʼtirof etish bilan birga Islomga yashirincha amal qilish. Kripto-islomga amal qiladigan odamlar „kripto-musulmonlar“ deb ataladi. Bu soʻz asosan inkvizitsiya davridagi (masalan, Moriskolar va Saraceni hamda ularning Aljamiadodan foydalanishi) ispan musulmonlari va Sitsiliya musulmonlariga nisbatan ishlatilgan. Portugaliya imperiyasining Uzoq Sharqqa tomon kengayishi va Ispaniya imperiyasining Lotin Amerikasidan Filippinga qadar tarqalishi munosabati bilan Filippin musulmonlari va Portugaliya musulmonlari ham inkvizitsiyaga duch kelgan. Mashhur holatlardan biri ispanlar bosib olgan [Molukka orollari|Molukkalik]] Alexo de Kastro boʻlib, u Meksika inkvizitsiyasidan oldin qitʼadan uzoqda kripto-islom uchun sudlangan[1].

Tarixiy misollar

tahrir

Quyida baʼzi tarixiy misollar keltirib oʻtilgan. 16-asrda ispaniyalik kripto-musulmon Ahmad ibn Qosim al-Hajariy Ispaniyadan Marokashga qochishni qanday uyushtirgani va Iso haqidagi katoliklarning fikrlarini rad etgan kitoblar yozgan. Kitob Ispaniyadagi kripto-musulmonlar hayotiga oid tafsilotlarni ham oʻz ichiga olgan. Keyinchalik Marokashning Ispaniyadagi elchisi boʻlgan.

Ispaniyada musulmonlarni taʼqib qilish mazmunida chiqarilgan Oran fatvosi kripto-musulmonlarga diniy majburiyatlarda oʻz eʼtiqodlarini yashirish va muayyan vaziyatlarda shariat majburiyatlarini yengillashtirish boʻyicha koʻrsatmalar bergan[2].

16-asrdan 18-asrning oxirigacha Rossiyada mahalliy musulmonlar hukumat tomonidan tez-tez taʼqibga uchragan. Buning natijasida nasroniylikni majburan qabul qilish holatlari kuzatilgan. Bu davrlarda yangi dinni qabul qilganlar yashirincha islom dinida eʼtiqod qilishda davom etishgan. Rossiya musulmonlarga oʻz eʼtiqodlarida qolishga ruxsat berganidan soʻng, ularning koʻpchiligi Islomga qaytgan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Harvey, L. P.. Muslims in Spain, 1500 to 1614. University of Chicago Press, 16 May 2005. ISBN 978-0-226-31963-6. 
  • Rustam Shukurov, "The Crypto-Muslims of Anatolia," in Anthropology, Archeology and Heritage in the Balkans and Anatolia or The Life and Times of F.W. Hasluck (1878-1920), ed. David Shankland, Istanbul: Isis, 2004, volume 2, pages 135–158.