Kristina Aleksandrovna Oblasova (ruscha: Кристина Александровна Обласова; 1984-yil 11-sentyabr, Moskva) — yakka holda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan rossiyalik sobiq figurali uchuvchi. 2001-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni va 2004-yil Rossiya milliy chempionaining bronza medali sovrindori boʻlgan.

Kristina Oblasova
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Kristina Oblasova
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi 11-sentyabr 1984-yil (1984-09-11) (39 yosh)
Moskva
Boʻyi 1.72 m (5 ft 8 in)
Oldingi murabbiylari Viktor Kudriyavtsev
Oldingi xoreograflari Olga Markova
Jamoasi Esdushor Moscow
Uchishni boshlagan 1989
Yakunlagan 2004
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 44.68
Erkin dastur 83.28

Faoliyati tahrir

Oblasova 1989-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. U asosan yakka holda konkida uchish bilan shugʻullangan va 10 yoshga toʻlganida sherigi Stanislav Zaxarov bilan juftlikda konkida uchish mashgʻulotlarini oʻtkazgan.

Oblasova 1997 — 1998-yilgi mavsumda tizzasidan jarohati olgan va jarohati bitib ketishi uchun 7 oy vaqt ketgan. Kelasi mavsumda Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turnirida debyut qilgan.

Oblasova 2000 — 2001-yillarda Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida kumush medalni, keyin esa 2001-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Oblaslovaga oʻsha paytda Yelena Chaykovskaya va Vladimir Kotin murabbiylik qilgan[1].

2001 — 2002-yillarda Oblasova Gran-pri turnirlarda qatnashgan hamda Skate Canada International bosqichida va Sparkassen Cup on Ice turnirida qatnashgan. Oblasova Rossiyada oʻtkazilgan jamoalar oʻrtasidagi milliy musobaqadan keyin murabbiyini Viktor Kudriavtsevga almashtirgan. Oblasova yana bir bor oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashish uchun tayinlangan va 11-oʻrindan joy olgan. 2003-yilda oʻtkazilgan huddi shu chempionatda u 9-oʻrinni egallagan[2].

2003 — 2004-yillarda, yaʼni oʻzining soʻnggi mavsumida, Oblasova Russian Nationals musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritgan va 2004-yilgi Yevropa chempionatida qatnashish uchun y`ollanma olgan[3].

Dasturlari tahrir

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2003/2004

  • Piano Rhapsody
2002/2003

  • Piano Rhapsody
2001/2002

  • Domino — Domino
2000/2001

  • Domino — Domino

Natijalari tahrir

GP: Gran-pri ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Xalqaro
Musobaqa 96/97 97/98 98/99 99/00 00/01 01/02 02/03 03/04
Yevropa chempionati 16
Rossiya GP kubogi 7
GP Skate Canada 11
GP Sparkassen 5
Nebelhorn Trophy 3
Xalqaro: Oʻsmirlar
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni. 1ㅤ 11 9
JGP finali 2
JGP Fransiya 1ㅤ
JGP Germaniya 1ㅤ
JGP Yaponiya 10
JGP Niderlandiya 1ㅤ
JGP Ukraina 4
Milliy
Rossiya chempionati 14 10 6 5 5 3
Oʻsmirlar oʻrtasidagi

Rossiya chempionati

17 4 1ㅤ 1ㅤ 1ㅤ
WD = musobaqani tark etgan

Manbalar tahrir

  1. „Programs“. Official site of Kristina Oblasova. 2006-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „World Junior Figure Skating Championships: Ladies“. International Skating Union. 2013-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Кристина Александровна Обласова“ [Kristina Alexandrovna Oblasova] (Russian). fskate.ru.