Kristo de la Konkordiya (ispancha: Cristo de la Concordia) — Iso Masih haykali. Boliviyaning Kochabamba shahridagi San-Pedro tepaligida barpo etilgan. Haykalning balandligi 34,2 metr, tagkursisi 6,24 metr, umumiy balandligi 40,44 metr. Haykal Rio-de-Janeyrodagi Najotkor Masihning mashhur haykalidan 2,44 metr balandroq boʻlib, u Janubiy yarimshardagi eng katta haykal hisoblanadi[1][2].

Yodgorlik majmuasi qurilishi 1987-yil 12-iyulda boshlanib, 1994-yil 20-noyabrda yakuniga yetgan. Dizaynerlar Sezar va Valter Terrazas Pardo haykalni Rio-de-Janeyrodagiga oʻxshatib yasagan. Shahar sathidan 256 metr balandlikdagi tepalikka oʻrnatilgan haykal dengiz sathidan 2840 metr balandlikda. Uning ogʻirligi taxminan 2200 tonnani tashkil qiladi. Haykal boshining balandligi 4,64 metr, vazni esa 11850 kg. Qoʻl uzunligi 32,87 metr. Yodgorlik maydoni 2400 kv.m. Haykal ichidagi tomosha maydonchasiga 1399 pogʻona orqali chiqiladi. Haykal poʻlat va betondan yasalgan. „Birdanlik Masihi“ga kanatli yoʻl olib chiqadi, unga taksi va avtobusda ham borsa boʻladi. Istaganlar 2000 pogʻonali zinapoyadan ham chiqishlari mumkin[3].

Manbalar

tahrir
  1. Blore, Shaun. Frommers South America. Frommer's, 2004. ISBN 0764571699.  p. 221 „Frommer's South America“. books.google.com. 2014-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-may.
  2. „Largest Christ Statue in the World“. „Turn Back to God“. www.turnbacktogod.com. Qaraldi: 2020-yil 1-may.. 2012-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 14-sentyabr.
  3. „Кристо-де-ла-Конкордия (Cristo de la Concordia) описание, фото - Боливия: Кочабамба“. www.votpusk.ru. Qaraldi: 2017-yil 30-iyul.