Krka gʻori
Krka gʻori (slovencha: Krška jamaKrška jama) – Sloveniyaning markaziy qismidagi Quruq Karniolada joylashgan gorizontal karst gʻori. U sharqda Trebnya Goritsa, gʻarbda Gradichek qishloqlari orasidagi choʻntak vodiysida, Krka qishlogʻidan shimolda joylashgan. Grosuplje shahridan janubdagi Račna Karst dalasidan Krkaga suv oqib oʻtadi gʻor ichidagi karst gʻoriga quyiladi. Gʻor turlarning yuqor xilma-xilligiga ega.
Krka g‘ori | |
---|---|
Kordinatalar | 45°53′24″N 14°46′16.68″E / 45.89000°N 14.7713000°E |
Uzunligi | 820 m |
Balandligi | 44 m |
Geologiyasi | Karst |
Kirish joylari | 2 |
Vebsayt | http://www.tdkrka.si/krska-jama/ |
Tavsifi
tahrirKirishlar
tahrirAsosiy kirish joyi gʻorning janubiy tomonida joylashgan boʻlib, panjara bilan oʻralgan. Tosh zinapoyalar orqali Krka koʻliga olib boradi. Račna Karst dalasini tez-tez suv bosishi sababli, suv oqimini kamaytirish uchun 1937–yilda portlovchi moddalar bilan yangi oʻzan hosil qilindi. Kuchli yomgʻirda suv gʻor oldidagi zinapoyalar ustida shiddatli sharshara hosil qiladi. Sharshara yonidagi devorda kichik yon kirish joyi bor.
Ichki
tahrirGʻorning quruq qismi uzunligi 210 metr (690 ft) va kengligi 30 m (98 ft) ga teng. Markaziy qismi kuchli yomgʻirlarda kanal vazifasini bajaradi. Quruq qismning oxirida 30 m (98 ft)li tunnellar tizimiga aylangan uzun koʻl bor. Umumiy oʻrganilgan tunnel uzunligi 490 m (1,610 ft). Gʻorning katta qismi zilzilalar va vandalizm tufayli vayron boʻlgan. Shu sababli, hudud 1995–yildan beri berkitilgan va unga faqat yoʻlboshchi ishtirokida kirish mumkin. Tomchi toshlar kam uchraydi. Ship tosh qatlamlari va oqim toshlari qoldiqlaridan hosil boʻlgan. Koʻp sonli pareydoliyalarni uchratish mumkin.
Biologik xilma-xillik
tahrirKrka gʻorida 30 dan ortiq hayvon turlari, jumladan, yarasalar va olmlar yashaydi[1]. XIX asr yozuvchisi Fran Erjavec unda hozirgacha nomaʼlum boʻlgan qoʻngʻiz turini topdi[2]. Qisqichbaqasimon Typhlocypris cavicola gʻorning endemik turi hisoblanadi[3].
Tarixi
tahrir1956–yilda Lengyel keramika topilmasidan maʼlumki gʻor neolit davrida paydo boʻlgan. XV—XVI asrlarda mahalliy aholi Usmonlilar bosqini paytida u Yerda yashiringan. XIX asr sloven yozuvchisi Josip Jurchich gʻor yaqinidagi joyda tugʻilgan. XVII asrda gʻorga Valvasor tashrif buyurgan. Birinchi marta u 1887–yilda Yan Vladimir Hráski tomonidan oʻrganilgan. 1927–yildan beri u Sloveniya gʻorlari kadastrida 74 raqami ostida roʻyxatga olingan. Bugungi kunda gʻorda Rojdestvoda xor xonandalari, Siddharta (2008) yoki Zlatan Stipišić Gibonni (2010) uchun kontsert maydoni boʻlib xizmat qilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „V malo znani Krški jami živi več kot 30 živalskih vrst, tudi človeška ribica“ (sl). Dolenjski list (2017-yil 4-mart).
- ↑ „The Source of the River Krka – Krška Jama“. Slovenia-heritage.net. Qaraldi: 2017-yil 23-aprel.
- ↑ I. Karanovic (2005). "On the genus Typhlocypris Vejdovský, 1882 (Crustacea: Ostracoda: Candoninae), with description of two new species". Systematics and Biodiversity 3 (4): 375–406. doi:10.1017/S1477200005001738.
Vikiomborda Krka gʻori haqida turkum mavjud |