Krystyna Hołuj-Radzikowska (1931-yil 5-fevral — 2006-yil 29-noyabr) polshalik ayol shaxmatchi. Krystyna Hołuj-Radzikowska FIDE tomonidan 1955-yilda ayol xalqaro usta (WIM) va 1984-yilda ayol grossmeyster (WGM) unvonlari bilan taqdirlangan.

Krystyna Holuj-Radzikowska
Mamlakat Polsha bayrogʻi Polsha
Tugʻilishi 5-fevral 1931-yil
Lvov, Polsha
Vafoti 29-noyabr 2004-yil(2004-11-29)
(73 yoshda)
FIDE reyting [1] (fevral 2024)

Hayoti

tahrir

Krystyna Holuj-Radzikowska 1931-yil 5-fevralda Polshaning Lvov shahrida tugʻilgan[1]. Krystena shaxmat oʻynashni yoshligidan boshlagan va ilk muvafaqqiyatli musobaqasi 20 yoshligida ishtirok etgan Polsha shaxmat chempionati boʻlgan. U toʻqqiz karra Polsha ayollar chempioniati gʻolibligiga sazovor boʻlgan, jumladan, 1951, 1952, 1953, 1955, 1956, 1957, 1959, 1966 va 1969-yillardagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan.[2]

1955-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi nomzodlar turnirida Olga Rubtsova gʻoliblikka erishdi, Krystyna Holuj-Radzikowska esa turnirni 15-16-oʻrinlarni bilan yakunladi. U Ohrid shahrida 1971-yil tashkil etilgan mintaqalararo turnirida 7-8-oʻrinlarni egalladi. Mazkur turnirda Nana Aleksandriya gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.[3]

Krystyna Holuj-Radzikowska ayollar shaxmat olimpiadasida Polsha terma jamoasi safida umumiy hisobta besh marta oʻynagan:

  • 1957-yilda Niderlandiyaning Emmen shahrida oʻtkazilgan 1-ayollar shaxmat olimpiadasida 1-taxtada (+9−2=0) oʻynagan;
  • 1963-yilda Splitda tashkil etilgan 2-ayollar shaxmat olimpiadasida 2- taxtada (+2−4=2) dona surgan;
  • 1966-yilda Oberxauzenda boʻlib oʻtgan 3-Ayollar shaxmat olimpiadasida 1-taxtani (+3−6=2) egallagan;
  • 196-yilda Lyublin shahrida oʻtkazilgan 4-Ayollar shaxmat olimpiadasida 1-taxtada (+3−3=4) oʻynagan;
  • 1972-yilda Skopye shahri mezbonlik qilgan 5-Ayollar shaxmat olimpiadasida 1-taxtada (+5−1=3) oʻz yurishlarini amalga oshirgan.

Krystyna Holuj-Radzikowska 1957-yilda Emmenda boʻlib oʻtgan shaxmat musobqasida birinchi taxtada oʻynab, musobaqa yakunidagi natijalarga koʻra, oltin medalni qoʻlga kiritdi.[4]

Krystyna Holuj-Radzikowska FIDE tomonidan 1955-yilda ayol xalqaro usta (WIM) unvoniga sazovor boʻldi. U usha davrdagi bu unvonni qoʻlga kiritgan kam sonli shaxmatchi ayollardan biri boʻlgan. Keyinchalik 1984-yilda u FIDE ayol grossmeyster (WGM) unvoni bilan ham taqdirlandi.

Vafoti

tahrir

Krystyna Holuj-Radzikowska 2006-yil 29-noyabr sanasida 73 yoshida vafot etdi. Uning xotirasiga bagʻishlangan shaxmat turniri 2011-yildan beri har yili Polshaning Vrotslav shahrida oʻtkazib kelinmoqda.

Manbalar

tahrir
  1. „Interview with Krystyna Radzikowska“ (Polish). 2012-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2016-yil.
  2. Litmanowicz, Władysław. Szachy od A do Z. Wydawnictwo Sport i Turystyka Warszawa [1986], 1987. (1. A-M), (2. N-Z). ISBN 83-217-2481-7. 
  3. Womenʼs World Chess Championship — Index of players. Mark Weeks.
  4. Womenʼs Chess Olympiads: Krystyna Radzikowska. OlimpBase.

Havolalar

tahrir