Kuchaytirgichlarda teskari bog'lanish

Teskari boʻglanish

tahrir

Teskari bogʻlanish deyilganda qurilmaning chiqish va kirish zanjirlari boʻlanishi tushuniladi. Kuchaytirgichlarda kirish signali va teskari boʻlanish tufayli chiqishdan kirishga kelgan signallar paydo boʻlishi faza farqiga qarab, teskari bogʻlanish musbat yoki manfiy boʻlishi mumkin. Bu signallar fazasi mos kelsa, kuchaytirgichning koeffitsientlari ortadi va bogʻlanish musbat deb, teskari bogʻlanish natijasida kuchaytirish koeffitsienti ykamasa bogʻlanish manfiy deb hisoblanadi. Teskari bogʻlanish ayrim hollarda samarali, ayrim hollarda esa zararli taʼsir koʻrsatadi.

Turlari

tahrir

Teskari bogʻlanish kuchlanish boʻyicha, tok boʻyicha va aralash boʻlishi mumkin, amalga oshirilish usuliga koʻra parallel va ketma-ket boʻladi. Tok boʻyicha teskari bogʻlanishda kirishga berilgan vaqt chiqish tokiga proporsional boʻladi. Past chastotali kuchaytirgichlarda asosan kuchlanish buyicha manfiy teskari bogʻlanish qoʻllanadi. Teskari boʻlanishning tok yoki kuchlanish boʻyicha ekanligi quyidagicha aniqlanadi. Kuchaytirgichda nagruzka uzatilganda teskari bogʻlanish yoʻqolsa, bogʻlanish tok boʻyicha boʻladi. Agar nagruzka qisqa tutashtirilganda yoʻqolsa, bogʻlanish kuchlanish boʻyicha boʻladi. Bogʻlanishning parallel yoki ketma-ketligini quyidagicha aniqlash mumkin. Signal manbai uzilganda bogʻlanish yoʻqolsa — ketma-ket, qisqa tutashtirilganda yoʻqolsa parallel boʻladi. Signallar manbaining chiqish qarshiligi Zc juda kichik boʻlganda (z→0), teskari bogʻlanish zanjiri shuntlanib qolanadigan boʻlganligidan parallel teskari bogʻlanishni amalga oshirib boʻlmaydi. Signallar manbaining qarshiligi juda katta boʻlganda (Z→ ) ketma-ket bogʻlanishni amalga oshirib boʻlmaydi. Kiritilgan teskari bogʻlanish toʻrt qutblilarning koʻpgina xususiyatlarini oʻzgartiradi. Jumladan, kuchaytirglarda: kirish qarshiligini tuzatishi va chiqish qarshiligini oshirishi, xususiy shovqinlar va buzilishlarni kamaytirishi, elementlar parametrlarining oʻzgarishi natijasida kuchaytirgich parametrining oʻzgarishiga sezgirligini kamaytirishi hamda chastota oʻtkazish polosasini kengaytirishi mumkin. Bularning amalga oshirilishi teskari bogʻlanishning qaysi biridan foydalanishga bogliq. Ketma-ket manfiy teskari bogʻlanishda kuchaytirgichning tok boʻyicha koeffitsiyenti oʻzgarmaydi. Kuchlanish boʻyicha kuchaytirish koeffitsiyenti

 

bunda, K — manfiy teskari bogʻlanish kiritilmagandagi kuchaytirish koeffitsiyenti,   — teskari bogʻlanish chuqurligi, bunda

 

teskari bogʻlanishda oʻtkazish koeffitsiyentidir.

Ketma-ket teskari bogʻlanishda kuchayishning kirish qarshiligi

 

Parallel manfiy teskari bogʻlanishda, kuchaytirgichning kuchlanish boʻyicha kuchaytirish koeffitsientlari oʻzgarmaydi, tok boʻyicha kuchayish koeffitsientlari   marta kamayadi, kirish qarshiligi   marta kamayadi.

Tok boʻyicha manfiy teskari bogʻ kiritilganlanishda chiqish qarshiligi ortadi, kuchlanish boʻyicha kiritilsa, kamayadi. Teskari bogʻlanish kiritilganda parazit signallarning kamayishini kuraylik. Aytalik, umumiy kuchaytirgich ikki kaskaddan iborat. Har birining kuchaytirish koeffitsientlari K1 va K2 boʻlib, ularning ulanish nuqtasiga qandaydir parazit signal berilsin. Kuchaytirgichga teskari bogʻlanish kiritilgan. Bunda chiqish signali

 

bunda

 

Formuladan koʻrinadiki, kuchaytirgichning chiqish qismiga yaqin boʻlgan nuqtaga kirib kelgan parazit signal K2 << K1 boʻlganda suriladi. Koʻp kaskadli kuchaytirgichlarda nochiziqli buzilishlar mana shu usulda yoʻqotiladi.

Manbalar

tahrir
  • Nigʻmatov „Radioelektronika“
  • N.Sh. Turdiyev „Radioelektronika asoslari“