Kulrang qo'lli tungi maymun
Kulrang qo'lli tungi maymun ( Aotus- griseimembra ) tungi maymunlarning bir turi bo'lib. Ilgari Aotidae oilasining kulrang qorinli tungi maymunining kichik turi hisoblangan. Uning katta qismi Kolumbiya va Venesuelada yashaydi [1] Kulrang qo'lli tungi maymunning aniq tasnifi noma`lum. Ba'zi mualliflar uni kulrang qorinli tungi maymun A. lemurinusning kichik turi deb hisoblashsa, boshqa mualliflar uni alohida tur, A. griseimembra deb hisoblashadi. [1]
Kolumbiyada uning yashash hududi Sinu daryosining shimoliy tarafida (yoki ehtimol sharqda) Venesuela chegarasigacha. Jumladan Syerra Nevada de Santa Marta va Magdalena daryosi, Kauka daryosi va San-Xorxe daryosi vodiylaridan iborat. Venesuelada u Marakayboning ikki tomonida joylashgan. [1]
Kulrang qo'lli tungi maymun nisbatan kichik maymundir. Erkaklarining vazni taxminan 1,009 gram (35.6 oz) va vazni taxminan 923 gram (32.6 oz) . [2] Uning mo`ynasi qisqa va qattiq. Orqa tarafdagi mo'yna kulrang, qizil hatto jigarrang bo`lishi mumkin. Qorni sarg'ish rangda. Qo'llar va oyoqlarning orqa qismidagi sochlar quyuqroq, soch uchlari qahva rangi, boshqa A. lemurinus kichik turlaridan asosiy farqlovchi xususiyatlaridir. [1]
Kulrang qo'lli tungi maymun daraxtda yashaydigan, tungi maymundir. [2] U va Aotus jinsining boshqa vakillari tungi maymunlardir. [3] [2] U bir necha turdagi o'rmonlarda, shu jumladan ikkilamchi o'rmon va kofe plantatsiyalarida yashaydi. Tadqiqot maymunlarni juda xilma-xil o'rmonlarni afzal ko'rganligini ko'rsatadi. [1] Ular juftligi bitta chaqaloq va bir nechta balog'atga etmagan bolalar yoki katta yoshlilar bo'lgan ikki-oltitagacha maymundan iborat kichik guruhlarda yashaydi. [1] [2] Guruhlar hududiy boʻlib, bir-biriga oʻxshash boʻlgan hududlarni egallaydi. [2] Bir tadqiqotda aholi zichligi har kvadrat kilometrga 1,5 maymun, ikkinchisida esa har kvadrat kilometrga 150 maymun to‘g‘ri kelishi aniqlangan. [1]
Boshqa tungi maymunlarga kabi kulrang qo'lli tungi maymun bir nechta monogam maymunlarning biridir. [2] Monogam juftlik odatda har yili bitta zurriyod qoldiradi. Ba'zida egizaklar tug`iladi. [1] Homiladorlik davri taxminan 133 kun. [2] Otasi chaqaloqni bir yoki ikki kunlik bo'lganidan boshlab ko'tarib, onasiga emizish uchun beradi. [1] Ona maymun uchun o'rtacha tug'ish oralig'i 271 kun. [2]
Kulrang qoʻlli tungi maymun Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) tomonidan roʻyxatga kiritilgan. Kolumbiyada ayniqsa xavf ostida ekanligi aytilmoqda. Bu qisman yashash joylarining yo'qolishi bilan bog'liq. Shuningdek, maymunlarning ko'pchiligi 1960 va 1970-yillarda bezgakni tadqiq qilish uchun qo'lga olingan.
Havolalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 Defler, T.. Primates of Colombia. Conservation International, 2004 — 262–266-bet. ISBN 1-881173-83-6. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "colombia" defined multiple times with different content - ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 Fernandez-Duque, E. „Aotinae“, . Primates in Perspective Campbell, C.: , 2007 — 139–150-bet. ISBN 978-0-19-517133-4. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "perspective" defined multiple times with different content - ↑ „Primate Fact Sheets - Aotus“. Qaraldi: 2008-yil 26-dekabr.