Kumushxon Xodjayeva
Kumushxon Xodjayeva (1997-yil 20-iyulda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik para dzyudochi. Musobaqalarda J2 klassda ishtirok etadi.
Kumushxon Xodjayeva | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi | 20-iyul 1997-yil |
Vazni | −57 kg |
Sport | |
Qaysi sport | para dzyudo |
Murabbiy(lar)i | Murod Dusumbetov |
Medallar | |
1. Angliyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida kumush medal 2. Prij-2024 Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida kumush medal |
Faoliyati
tahrir2022-yildan buyon para dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi hisoblanadi. 2023-yil Angliyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Butunjahon IBSA tashkilotining yakuniy reyting natijalariga koʻra −57 kg vazn toifasida Parij-2024 Yozgi Paralimpiada oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritgan[1].
Kumush Xodjayeva ayollar oʻrtasida J2 klassida (koʻzi qisman koʻradigan sportchilar bellashadi) −57 kg vazn toifasida yarimfinalda ispaniyalik Marta Arche Poynoni magʻlub etib (1:0) va final bahsi uchun yoʻllanma olgan.
Finalda oʻzbekistonlik sportchi yaponiyalik Xirose Junkoga qarshi tatamiga chiqgan. Ammo hal qiluvchi bellashuvda Xodjayeva 10:0 hisobida imkoniyatni boy bergan.
Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzosi Kumushxon Xodjayeva Parij-2024 Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida paradzyudo boʻyicha ikkinchi oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritgan[2].
Mukofotlari
tahrir- „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni (2024-yil)[3]
Manbalar
tahrir- ↑ „Kumushxon Xodjayeva“. paralympic.uz. Qaraldi: 5-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Kumushxon Xodjayeva“. Gazeta.uz. Qaraldi: 16-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Париж шаҳрида бўлиб ўтган ХVII ёзги Паралимпия ўйинларида юксак натижаларга эришган спортчи ва мураббийлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони“. president.uz. Qaraldi: 5-noyabr 2024-yil.