Kundalik — bu kun davomida yoki maʼlum bir muddat ichida sodir boʻlgan voqealarni sana tartibida yozib boriladigan yozma yoki audiovizual xotira yozuvi. Kundaliklar anʼanaviy ravishda qoʻlda yozilgan boʻlsa-da, hozirgi kunda koʻpincha raqamli shaklda yuritiladi. Shaxsiy kundalik insonning tajribalari, fikrlari va his-tuygʻularini oʻz ichiga olishi mumkin, biroq yozuvchining shaxsiy tajribasiga aloqador boʻlmagan joriy voqealarga sharhlar bundan mustasnodir. Kundalik yurituvchi shaxs kundalikchi deb ataladi. Muayyan maqsadlarda yuritiladigan kundaliklar insoniyat tamaddunining koʻplab jabhalarida, jumladan davlat hujjatlari (masalan: Hansard), tijorat kitoblari va harbiy yozuvlarda muhim oʻrin tutadi. Britaniya ingliz tilida bu soʻz oldindan chop etilgan jurnal formatini ham anglatishi mumkin.

Berlinda namoyish etilgan Anne Frankning asl kundaligining faksimilesi

Bugungi kunda bu atama asosan shaxsiy kundaliklar uchun qoʻllaniladi. Bunday kundaliklar odatda maxfiy saqlanishi yoki faqat yaqin doʻstlar va qarindoshlar orasida cheklangan tarzda tarqatilishi mumkin. „Jurnal“ soʻzi baʼzan „kundalik“ oʻrnida ishlatilsa-da, aslida kundalik (otincha „kun“ soʻzidan kelib chiqqan) har kungi yozuvlarni oʻz ichiga oladi (yoki olishi nazarda tutiladi). Jurnal esa doim ham muntazam tarzda yozilmaydi.

Kundalik memuar, avtobiografiya yoki tarjimayi hol uchun maʼlumot manbai boʻlishi mumkin, biroq u odatda nashr etilish maqsadida emas, balki muallifning oʻz ehtiyojlari uchun yoziladi. Ammo soʻnggi yillarda baʼzi kundaliklarda (masalan, Ned Rorem, Alan Clark, Tony Benn yoki Simon Grayning kundaliklari) ularning kelajakda nashr etilishi koʻzda tutilganligi, muallif uni oʻzini oqlash niyatida (hayotlik chogʻida yoki vafotidan soʻng) yoki shunchaki foyda olish maqsadida yozganligi haqida ichki dalillar koʻzga tashlanmoqda.

Kundalik atamasi yozma kundalikning bosma nashrini anglatish uchun ham qoʻllaniladi; va jurnalning boshqa atamalarini, shu jumladan elektron formatlarni ham anglatishi mumkin (masalan: bloglar).

Etimologiyasi

tahrir

„Kundalik“ soʻzi lotincha diariumdan („kundalik nafaqa“, „kun“) olingan[1]. „Jurnal“ qadimgi fransuzchadagi jurnal (zamonaviy fransuzcha „kun“ jour degan maʼnoni anglatadi) soʻzi orqali kundalik (diurnus, „kun“) bilan bir xil ildizdan kelib chiqqan[2].

Kundalik yozuvlar yozilgan kitobga nisbatan „kundalik“ soʻzining birinchi marta ishlatilishi 1605-yilda Ben Johnsonning Volpone komediyasida qayd etilgan[3].

Manbalar

tahrir
  1. „Diary“. Merriam-Webster. 2012-yil 7-iyunda olingan.
  2. „Journal“. Merriam-Webster. 2012-yil 7-iyunda olingan.
  3. „Diary“. Onlayn etimologiya lugʻati. 2012-yil 22-iyunida olingan.