Kutyumlar
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Kutyumlar (fr. Coutume – urf-odat) – deb feodal Fransiyada ayrim shaharlar, okruglar, provinsiyalar va boshqa hududlardagi haqiqiy urf-odatlarga aytiladi. Shimoliy Fransiyada (oddiy huquq mamlakati) <Kutyumlar> ogʻzaki anʼanalarda mavjud boʻlgan, u yerda urf-odatlarning hech qanday umumiy yuridik bayoni yozib borilmagan. Tajribali mahalliy sudlar shaharlar va senyorlar munosabatini tartibga soluvchi gramotalar, tegishincha qonun huquqini olgan va bosqinchilik huquqidan oʻzlashtirmalar eski Germaniya huquqining aralashmasini oʻzida Kutyumlar.ni ifodalaydi.
Fransiyaning janubida (yozilgan qonun qonun mamlakati) umumiy urf-odat sifatida soddalashtirilgan Rim huquqi amal qilardi, u rasmiylashtirilgan mahalliy urf-odatlar bilan toʻldirilgan. XIII asrning birinchi yarmida urf-odatlarning umumiy toʻplami vujudga kelgan. Ulardan eng muhimlari Normandiya ulugʻ urf-odatlari (1255-yil) Orleanning urf-odatlari kitobilari, Over va Anjuning „Oqsuyak Lyudovikning tartiboti“ nomi ostida (1273-yil) va Seneshal F. De Bomanuaor tomonidan tuzilgan Bovezini urf-odatlari (1282-yil), (Bove okrugining urf-odatlari yozuvi va Fransiyaning ayrim provinsiyalari). Koʻp sonli urf-odatlar asosida 1389-yilda „Fransiya urf-odatlarining toʻplami“ tuzilgan, ammo praktukalizm huquqi qolgan XV asrda 60 ga yaqin provinsial va 300 Dan koʻproq mahalliy urf-odatlar amal qilgan. Urf-odatlarning uzil-kesil bekor qilinishi 1804-yil Fransiya FK ning kuchga kirishi natijasida huquq sifatida amal qilgan (Napaleon kodeksi)[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Manba:Yuridik ensiklopediya. Yuridik fanlari doktori. Professor U Tadjixanov. Sharq nashriyoti 2001.