Kwon Na-ra (ismini qonuniy ravishda Kwon Ah-Yunga oʻzgartirgan) Nara nomi bilan taniqli, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U Janubiy Koreyadagi „Hello Venera“ qizlar guruhining aʼzolaridan biri sifatida tanilgan[2].

Kwon Nara
권나라
Tavalludi 13-mart 1991-yil (1991-03-13) (33 yosh)[1]
Janubiy Koreya
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • qoʻshiqchi
  • aktrisa

Faoliyati tahrir

Nara oʻrta maktabda oʻqib yurganida „Fantagio Entertainment“ uchun aktrisalik stajyoriga aylangan[1]. U „Hello Venus“ qizlar guruhiga asoschi aʼzo sifatida qoʻshilgan va guruhda „Nara“ sahna nomi bilan chiqqan. Ular 2012-yil 9-mayda toʻrtta trekni oʻz ichiga olgan „Venera“ mini-albomi bilan debyut qilishgan[3]. „Venera“ singli Gaon chartida 35-oʻrinni egallagan[4][5].

Guruh faoliyati bilan bir qatorda, Nara „SBS“ telekanalining "Take Care of Us", dramasida „Hello Venera“ aʼzosi Yooyoung bilan 20-qismida styuardessa sifatida kameo rolini ijro etgan[6].

2017-yilda Nara „SBS“ telekanalining „Suspicious Partner“ romantik komediya dramasida oʻzining birinchi yirik aktyorlik rolini ijro etgan[7][8].

2018-yilda Nara „tvN“ telekanalining „My Mister“ melodramasida[9], keyin esa „SBS“ning „Your Honor“ dramasida rol ijro etadi[10].

2019-yilda Nara „KBS“ning „Doctor Prisoner“ dramasida birinchi bosh rolni olgan[11].

2022-yil iyun oyida Nara yangi agentlik „C-JeS Entertainment“ bilan shartnoma tuzdi[12].

2020-yilda u "JTBC" telekanalining ayni nomdagi drama asosidagi „Itaewon Class“ dramasida rol ijro etgan[13]. Serial tijoriy muvaffaqiyatga erishgan va kabel televideniyesi tarixidagi eng yuqori reytingga ega yettinchi koreys dramasiga aylangan[14][15]. U, shuningdek, tarixiy komediya teleseriali „Royal Sectret Agent“ ning goʻzalligi Xvan Jini bilan taqqoslanadigan xushmuomala Xong Da In rolida suratga tushgan.

2021-yil mart oyida Nara "tvN" telekanalining „Bulgasal“ fantastik dramasida rol oʻynashi tasdiqlangan[16]. Drama premyerasi 2021-yil dekabr oyida boʻlib oʻtgan[17].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „My name is 나라, 윤조“ (ko). 10Asia (2-yanvar 2013-yil). 2014-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  2. „HELLOVENUS' debut date announced“. 10Asia (24-aprel 2012-yil). 2020-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  3. Hello Venus — 'Venus'. Naver Music (May 8, 2012). Retrieved on May 14, 2012.
  4. „국내 대표 음악 차트 가온차트!“ (ko). Gaon Chart. Qaraldi: 19-fevral 2017-yil.
  5. „국내 대표 음악 차트 가온차트!“ (ko). Gaon Chart. Qaraldi: 19-fevral 2017-yil.
  6. „HelloVenus Yooyoung and Nara's Past as Actresses Revealed“. enewsWorld. CJ E&M. 3-fevral 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-yanvar 2016-yil.
  7. „Hello Venus's Nara, Opens Her Eyes to The World of Acting (Interview)“. 10Asia (31-iyul 2017-yil). 2017-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  8. „Girl Group Member Hungry for More Roles After Acting Debut“. The Chosun Ilbo (30-sentabr 2017-yil).
  9. „[단독 헬로비너스 나라, '나의 아저씨' 출연…이선균·아이유와 호흡“] (ko). Nate (13-dekabr 2017-yil).
  10. „Nara to star in 'Dear Judge'“. Kpop Herald (28-may 2018-yil).
  11. „Hello Venus's Nara to star in 'Doctor Prisoner' with Namgoong Min“. KBS World (15-yanvar 2019-yil).
  12. Son. „권나라, 씨제스에 새 둥지(공식)“ (ko). MK Sports (2-iyun 2022-yil). Qaraldi: 2-iyun 2022-yil.
  13. Sim. „권나라 측 "'이태원 클라쓰' 출연, 제안 받고 검토 중"[공식입장“] (ko). OSEN (25-iyun 2019-yil). Qaraldi: 15-aprel 2020-yil.
  14. Park. „종영 '이태원 클라쓰' 16회 자체 최고 시청률로 '유종의 美'“ (ko). MK (22-mart 2020-yil). Qaraldi: 15-aprel 2020-yil.
  15. Choi. „Park Seo-jun to show perfect sync with original webcomic in 'Itaewon Class'“. the Korea Herald (30-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 15-aprel 2020-yil.
  16. 김미화|기자|. „'불가살' 이진욱X권나라X이준 캐스팅 확정..K판타지 온다 [공식“] (ko). n.news.naver.com. Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
  17. Sang-Hun, Choe. „From BTS to ʻSquid Game’: How South Korea Became a Cultural Juggernaut“ (en-US). The New York Times (2021-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.