Kyle Capobianco (talaffuzi: Kyle Capobianco; 1997-yil 8-avgustda tugʻilgan) — Kanadalik professional xokkey himoyachisi. Hozirda u Milliy xokkey ligasining (NHL) Winnipeg Jets jamoasida oʻynaydi.

Kyle Capobianco
Capobianco Tucson Roadrunners bilan 2018-yilda
Tugʻilgan joyi 13-avgust 1997-yil (1997-08-13) (26 yosh)
Mississauga, Ontario, Kanada
Boʻyi 6 ft 1 in (185 cm)
Ogʻirligi 179 lb (81 kg; 12 st 11 lb)
Pozitsiyasi Himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni Chap qanot
NHL
Sobiq jamoalar
Winnipeg Jets
Arizona Coyotes
NHLga kirish drafti 63-oʻrin, 2015
Arizona Coyotes
Jamoalardagi faoliyat 2017—hozirgacha

Faoliyati tahrir

Capobianco Ontario xokkey ligasining Sudbury Wolves jamoasi bilan toʻrt mavsum xokkey oʻynagan. Coyotes jamoasi uni 2014—2015-yilgi mavsumdan soʻng jamoa tarkibiga qabul qilishgan. U 68 oʻyinda 10 ta gol va 40 ochko uchun 30 golga assistentlik qilgan.

Capobianco jamoa bilan toʻrtta oʻyin oʻtkazgan va Roadrunners jamoasida nol ochko toʻplagan. Arizona Coyotes jamaosi Capobianco bilan 2017-yil 30-iyunda uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzolagan[1].

2017—2018-yilgi mavsum boshida Capobianco Tucson Roadrunners jamoasiga sardor etib tayinlangan. 2017-yilning 4-dekabrida Capobianco Azona Coyotes jamoasiga chaqirilgan[2]. 2017-yil 7-dekabrda u Arizona Coyotes jamoasi uchun Boston Bruinsga qarshi NHLdagi debyutini oʻtkazgan va 13:33 daqiqalik muz vaqtida hech qanday ochko, reyting qayd etmagan[3][4]. Capobianco 2018-yil 1-yanvarda NHLga chaqirilgani sababli uning faoliyati AHLda kam vaqt davom etgan[5].

Capobianco San-Antonio Rampage himoyachisi Jordan Shmalts bilan 2018-yilgi AHL yulduzlari jamoasi tarkibiga tanlangan[6][7]. Cheklangan erkin agent sifatida Capobianco 2020-yil 5-oktyabrda ikki yillik 1,55 million dollarlik shartnomani uzaytirishga rozi boʻlib,Coyotes jamoasi bilan qolgan[8].

Coyotes jamoasidan erkin agent sifatida Capobianco 2022-yil 14-iyulda chiqib ketgan va Winnipeg Jets bilan ikki yillik 1,525 million dollarlik shartnoma imzolagan[9].

Xalqaro jamoalardagi faoliyati tahrir

Capobianco 2015-yilgi U18 Jahon chempionatida Kanada sharafini himoya qilgan va 7 oʻyinda 1 gol va 1 golli uzatmani amalga oshirgan.

Faoliyati statistikasi tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari tahrir

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
Doimiy mavsum Pley-off
Mavsum Jamoa LIga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
2012—2013 Oakville Blades OJHL 3 0 1 1 12
2013—2014 Sudbury Wolves OHL 53 0 11 11 18 5 0 0 0 0
2014—2015 Sudbury Wolves OHL 68 10 30 40 54
2015—2016 Sudbury Wolves OHL 68 7 36 43 58
2016—2017 Sudbury Wolves OHL 65 10 37 47 66 6 0 3 3 10
2016—2017 Tucson Roadrunners AHL 4 0 0 0 0
2017—2018 Tucson Roadrunners AHL 49 2 28 30 36 9 0 0 0 2
2017—2018 Arizona Coyotes NHL 1 0 0 0 0
2018—2019 Tucson Roadrunners AHL 40 7 25 32 51
2018—2019 Arizona Coyotes NHL 2 0 0 0 0
2019—2020 Tucson Roadrunners AHL 42 10 27 37 47
2019—2020 Arizona Coyotes NHL 9 1 0 1 2
2020—2021 Arizona Coyotes NHL 2 0 0 0 2
2020—2021 Tucson Roadrunners AHL 20 2 11 13 22 1 0 0 0 0
2021—2022 Arizona Coyotes NHL 45 2 7 9 38
NHLdagi ochkolari 59 3 7 10 42

Xalqaro tahrir

Yil Jamoa Musobaqa Natija GP G A Pts PIM
2014 Canada Ontario U17 5 5 1 0 1 0
2015 Canada U18   7 1 1 2 2
Oʻsmirlar jamoasidagi ochkolari 12 2 1 3 2

Manbalar tahrir

  1. „Arizona Coyotes sign Kyle Capobianco to three-year, entry-level deal“. Fox Sports (2017-yil 30-iyun). Qaraldi: 2017-yil 30-iyun.
  2. „Capobianco recalled by Coyotes from Roadrunners“. ArizonaSports.com (2017-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 4-dekabr.
  3. „Bruins vs Coyotes boxscore“. Milliy xokkey ligasi (2017-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 4-dekabr.
  4. Vest. „'Yotes Notes: Capobianco Makes NHL Debut in Boston“. NHL.com (7-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 10-mart 2018-yil.
  5. „Coyotes Recall Capobianco from AHL“. NHL.com (1-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 10-mart 2018-yil.
  6. „MORE ALL-STAR ROSTER CHANGES ANNOUNCED“. theahl.com (24-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 10-mart 2018-yil.
  7. Marlin. „Tucson Roadrunner defenseman Kyle Capobianco added as AHL All-Star“. arizonasports.com (24-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 10-mart 2018-yil.
  8. „Coyotes re-sign Capobianco and Lyubushkin“. Arizona Coyotes (5-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 5-oktabr 2020-yil.
  9. „Jets sign defenceman Kyle Capobianco to a two-year contract“. Winnipeg Jets (14-iyul 2022-yil). Qaraldi: 14-iyul 2022-yil.