László József Bíró (1899-yil 29-sentyabr, Budapesht – 1985-yil 24-oktyabr, Buenos Ayres) birinchi muvaffaqiyatli zamonaviy sharikli ruchkani patentlagan. Birinchi sharikli ruchka taxminan 50 yil oldin Jon J. Loud tomonidan ixtiro qilingan, ammo bu muvaffaqiyatga erishmagan.

László Bíró
László József Schweiger

1978-yilda tushgan su'rati
Tavalludi

1899-yil 29-sentyabr
Budapesht,

Avstriya
Vafoti

1985-yil 24-oktaybr (86 yosh)
Buenos Ayres,

Argentina
Fuqaroligi

avstriyalik,

argentinalik
Mashhur ishlari birnchi zamonaviy sharikli ruchka ixtirochisi
Turmush oʻrtogʻi Elsa Schick

Hayoti tahrir

Bíro 1899-yilda Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibidagi Vengriya Qirolligining[1] Budapesht shahrida yahudiy oilasida tugʻilgan. Uning otasi Mózes Mátyás Schweiger[2] va onasi Janka née Ullmann[3] boʻlgan. Maktabni tugatgach, Vengriyada jurnalist sifatida ish boshlagan.

Ixtirosi tahrir

 
Birinchi zamonaviy sharikli ruchkaning rasmi

Bíro jurnalist sifatida ishlayotgan paytda, gazeta chop etishda ishlatiladigan siyoh tez qurib, qogʻoz quruq va dogʻli holida qolib ketishini payqagan, va buni oldini olish uchun ruchkani takomillashtirishga harakat qilgan. Uning birinchi takomillashtirilgan sharikli ruchkasi 1931-yilda Budapesht xalqaro yarmarkasida taqdim etilgan[1]. Kimyogar akasi György[4][5] bilan ishlagan holda, erkin aylanadigan metall sharikchadan iborat yangi uchni ishlab chiqgan va u aylanganda kartrijdan siyohni olib, soʻngra qogʻozga yozgan. Bíro ixtirosini 1938-yilda Parijda patentlagan.

Ikkinchi jahon urushi paytida Bíro 1943-yilda akasi bilan natsislardan qochib, Argentinaga koʻchib oʻtgan. 1943-yil 17-iyunda ular AQShda 2 390 636 dona sharikli ruchka ishlab chiqarganlar. Argentinada bunday turdagi sharikli ruchkalar birome[6] nomi bilan tanilgan, bu aka-ukalarning familiyasi va ularning biznes sherigi Xuan Xorxe Meyne familiyasining familiyasidan olingan. Ushbu yangi dizayn Buyuk Britaniyada Qirollik havo kuchlari ekipajiga yetkazib berish uchun litsenziyalangan edi[7].

Merosi tahrir

László Bíró 1985-yilda Argentinaning Buenos-Ayres shahrida vafot etgan[8].

Bíroning tugʻilgan kuni yaʼni 29-sentyabrda Argentina ixtirochilar kuni sifatida nishonlanadi.

Sharikli ruchka koʻplab mamlakatlarda, jumladan, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Avstraliya va Italiyada biro deb nomlanadi[9][10]

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „"Golyó a tollban – megemlékezés Bíró László Józsefről". Hungarian Patent Office (in Hungarian).“.
  2. „"László Bíró". 29 September 1899.“.
  3. „"Janka Ulmann". 1873.“.
  4. „392,046 Pen Oct 1888“.
  5. „Stoyles, Pennie; Peter Pentland (2006). The A to Z of Inventions and Inventors. 케“.
  6. „"US2390636 "Writing Instrument"“.
  7. „Bevan, Rob; Wright, Tim (2005). Unleash your creativity: Strategies for instant creativity. Oxford: Infinite Ideas. pp. 82–83“.
  8. „"Lawrence Journal-World - Google News Archive Search". news.google.com.“.
  9. „"Ladislao José Biro's 117th birthday". Retrieved 2016-09-29.“.
  10. „"Biro nell'Enciclopedia Treccani" (in Italian).“.