Fuko Jan Bernar Leon

(Léon Foucaultdan yoʻnaltirildi)

FUKO (Foucault) Jan Bernar Leon (fransuzcha: Jean Bernard Léon Foucault; 1819.18.9 Parij 1868.11.2) - fransuz fizigi. Berlin FA, London Qirollik jamiyati aʼzosi. Peterburg Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1860). Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1865). Parij rasadxonasi fizigi (1855-yildan). Ilmiy ishlari optika, mexanika va elektromagnetizmga oid. Aylanma koʻzgu usuli (Fuko usuli) ni kashf qildi (1850). Mayatnik (Fuko mayatnigi) yordamida Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishini eksperimental tasdiqdadi (1851). Giroskop ixtiro qildi (1852). Yaxlit metall jismlarning induksion toklar (Fuko toklari) taʼsirida qizishini aniqladi va uni kamaytirish usullarini koʻrsatdi. Birinchi marta shisha koʻzgular yasashning aniq usulini yaratdi (1857), birinchi boʻlib nurlanish va yutilish chiziklari orasidagi bogʻlanishni aniqladi.

Fuko Jan Bernar Leon
Tavalludi 18-sentyabr 1819[1][2][3]
Vafoti 11-fevral 1868[2][3]
Fuqaroligi Fransiya[4]





  1. (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. 3,0 3,1 (unspecified title)
  4. (unspecified title)