Lü Peng
Lü Peng (xitoycha: 吕鹏 1989-yil 28-oktyabrda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, Dalian Professional jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Lü Peng | ||
Tavallud sanasi | 28-oktyabr 1989-yil | ||
Tavallud joyi | Dalian, Liaoning, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.82 m (5 ft 11 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Dalian Professional | ||
Raqami | 31 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Dalian Shide | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2008 | Dalian Shide Siwu | 14 | (3) |
2008—2012 | Dalian Shide | 117 | (0) |
2013—2014 | Dalian Aerbin | 37 | (0) |
2015—2016 | Beijing Enterprises | 58 | (1) |
2017—2020 | Beijing Guoan | 34 | (0) |
2021 | Qingdao | 22 | (0) |
2022- | Dalian Professional | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2011—2012 | Xitoy | 9 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (21-aprel 2022-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2-noyabr 2014-yil uchun) |
Klubdagi faoliyati
tahrir2008-yilgi mavsum boshida Liu yoshlar jamoasini tugatgandan soʻng Dalian Shidening kattalar jamoasiga chaqirilgan. U 2008-yil 25-iyun kuni „Liaoning“ klubiga qarshi oʻyinda (2:1) yosh jamoadoshi Yang Boyu bilan „Dalian“ safida debyut oʻyinini oʻtkazgan[1]. Istiqbolli yarim himoyachi sifatida Liu mavsum davomida Dalian uchun yana bir nechta oʻyinlarda maydonga tushgan va Dalianning quyi ligaga tushib qolganini koʻrgan klub muhlislari uchun bir nechta yorqin oʻyinlarni namoyish etgan[2]. Dalian 2009-yilgi mavsum oxirida sakkizinchi oʻrinni egallagan[3]. Keyingi mavsumda jamoadoshi va xitoylik futbolchi Zhao Xuri Shaanxi Renhega koʻchib oʻtgan, bu esa Liuga doimiy ravishda klubning yarim himoyadagi birinchi raqamli oʻyinchisi boʻlishga imkoniyat yaratgan.
2013-yilgi mavsum boshida Dalian Shide oʻzining yuqori divizondagi raqiblari Dalian Aerbin jamoasiga qoʻshilib ketgan. Liu yangi kengaytirilgan Dalian Aerbin jamoasiga oʻtgan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri edi[4]. Liu 2013-yilning 6-iyulida „Shandong Luneng“ga qarshi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan liga oʻyinida klub uchun debyut qilgan[5].
2015-yil 30-yanvarda Liu Xitoyning Birinchi Ligasi Pekin Enterprises jamoasiga oʻtgan[6]. U 2017-yilning 19-yanvarida Xitoy Superligasi vakili „Beijing Guoan“ga tarkibiga qoʻshilgan[7].
Xalqaro faoliyati
tahrirLiu Xitoy bosh murabbiyi Gao Xongbo tomonidan Xitoy terma jamoasiga chaqirilgan va 2011-yilning 26-martida Kosta-Rikaga qarshi oʻyinda asosoiy tarkibda maydonga tushgan. Xitoy terma jamoasi oʻyinda 2:2 hisobida durang oʻynashgan[8].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Liga Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Dalian Shide Siwu | 2008 | S.Liga | 14 | 3 | 1 | 0 | 1 | 0 | - | - | 16 | 3 | ||
Dalian Shide | 2008 | Xitoy Super Ligasi | 12 | 0 | - | - | - | - | 12 | 0 | ||||
2009 | 18 | 0 | - | - | - | - | 18 | 0 | ||||||
2010 | 28 | 0 | - | - | - | - | 28 | 0 | ||||||
2011 | 29 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 29 | 0 | |||||
2012 | 29 | 0 | 1 | 1 | - | - | - | 30 | 0 | |||||
Jami | 117 | 0 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 118 | 1 | ||
Dalian Aerbin | 2013 | Xitoy Super Ligasi | 15 | 0 | 4 | 0 | - | - | - | 19 | 0 | |||
2014 | 22 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 22 | 0 | |||||
Jami | 37 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 41 | 0 | ||
Beijing Enterprises | 2015 | Xitoy Birinchi Ligasi | 29 | 0 | 3 | 0 | - | - | - | 32 | 0 | |||
2016 | 29 | 1 | 1 | 0 | - | - | - | 30 | 1 | |||||
Jami | 58 | 1 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 62 | 1 | ||
Beijing Guoan | 2017 | Xitoy Super Ligasi | 9 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 9 | 0 | |||
2018 | 6 | 0 | 3 | 0 | - | - | - | 9 | 0 | |||||
2019 | 12 | 0 | 3 | 0 | - | 3 | 0 | 1 | 0 | 19 | 0 | |||
2020 | 7 | 0 | 1 | 0 | - | 5 | 0 | - | 13 | 0 | ||||
Jami | 34 | 0 | 7 | 0 | 0 | 0 | 8 | 0 | 1 | 0 | 50 | 0 | ||
Karyerada jami | 259 | 4 | 17 | 1 | 1 | 0 | 8 | 0 | 1 | 0 | 286 | 5 |
Xalqaro statistika
tahrirMilliy terma jamoa | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
2011 | 2 | 0 |
2012 | 7 | 0 |
Jami | 9 | 0 |
Yutuqlar
tahrirKlub
tahrirBeijing Guoan
- Xitoy FA kubogi : 2018[9]
Manbalar
tahrir- ↑ „比赛结果-中超数据库-搜狐“. Csldata.sports.sohu.com. Qaraldi: 27-mart 2011-yil.
- ↑ „China 2008“. Rsssf.com (3-aprel 2009-yil). 2010-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-mart 2011-yil.
- ↑ „China 2009“. Rsssf.com (23-aprel 2010-yil). Qaraldi: 27-mart 2011-yil.
- ↑ „大连阿尔滨官方宣布:整体收购实德 将上报足协“. sohu.com (30-noyabr 2012-yil). Qaraldi: 23-avgust 2013-yil.
- ↑ „Dalian Aerbin vs. Shandong Luneng 1-1“. soccerway.com (6-iyul 2013-yil). Qaraldi: 23-avgust 2013-yil.
- ↑ „斯塔诺帐下再入一旧将 北控宣布签下吕鹏“. sina (30-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 2-fevral 2015-yil.
- ↑ „国安官方宣布强力后腰加盟 盼助力球队取得佳绩“. sina (19-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2017-yil.
- ↑ „Costa Rica 2-2 China“. teamchina.freehostia.com (26-mart 2011-yil). Qaraldi: 27-mart 2011-yil.
- ↑ „足协杯-比埃拉建功张稀哲斩杀 国安客场2-2夺冠“. sports.sina.com.cn (30-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 13-avgust 2019-yil.