Lake Placid Olimpiya changʻida sakrash majmuasi
Leyk-Plasid Olimpiya changʻida sakrash majmuasi — 1980-yilda Leyk-Plasid, Nyu-York, Qoʻshma Shtatlardagi Olimpiya oʻyinlari uchun qurilgan va 2021-yilda modernizatsiya qilingan va uzaytirilgan HS100 va HS128 metrli changʻidan sakrash minoralaridan iborat boʻlib, ular Shimoliy Amerikadagi yagona sokrash tepaliglariga aylangan. Qishki va yozgi sakrash musobaqalari uchun moʻljallangan. Ular Nyu-Yorkning Esseks okrugidagi Eski Harbiy yoʻldan uncha uzoq boʻlmagan, Leyk Plasiddan ikki milya masofada joylashgan. Majmua Olimpiya mintaqaviy rivojlanish boshqarmasi tomonidan boshqariladi[1].
120 metrli sakrashdagi osmon palubasi yaqin atrofdagi Jon Braun fermasi va Adirondaklarning atrofidagi baland choʻqqilarning koʻrinishini taqdim eta oladi. Skandinaviya changʻisidan sakrash boʻyicha mashgʻulotlar va musobaqalar 90 metrga sakrashda plastik gilamcha orqali yil davomida oʻtkaziladi. Fristayl havo mashgʻulotlari markazi sakrash minoralari poydevorining oʻng tomonida joylashgan. Sportchilar yoz oylarida 750 000 metr/kubli hovuz ustida sakrash mashqlarini amalga oshirishlari mumkin[2].
2018-yilda qishki ish faoliyatini taʼminlash maqsadida yoʻllarni sovutish tizimi bilan taʼminlash uchun mablagʻ ajratilgan. Bundan tashqari, kichikroq tepaliklar hozirgi xalqaro standartlariga nisbatan yangilangan, bu esa sportchilarning rivojlanishi uchun balandlikning xavfsizroq taʼminlanishi bilan amalga oshiriladi. Bu keyingi bir necha yil ichida Lake Placid tomonidan oʻtkaziladigan bir qator yirik oʻyinlar bilan bogʻliqdir.
Tarix
tahrirLeyk Plasid klubi 1920-yilda bu maydonchada birinchi changʻi sakrashini amalga oshirgan, dastlab togʻ yonbagʻiridan sakrash joyi sifatida foydalanilgan. Sakrash masofasi 35 metrga sakrash deb nomlandi. 1921-yil 21-fevralda ushbu majmuada birinchi musobaqa boʻlib oʻtgan, unda 3000 tomoshabin bevosida musobaqalarini kuzatib borgan. Kun davomida rekord sakrash 124 futni tashkil etgan, bu Antoni Maurer tomonidan oʻrnatilgan. 1923-yilda sakrash 50 metrga kengaytirilgan va 1927-yilda yangi poʻlat minora qurilib, sakrash 60 metrga koʻtarilgan. 1928-yilda minora 75 metrgacha uzaytirilgan. 1932-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari uchun foydalanishga moʻljallangan minora hisoblanadi. 1977-yilda eski minora 1980-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida foydalanilgan 70 va 90 metrga yangi sakrashlarga oʻtish uchun buzib tashlangan. 1994-yilda sakrashni amaldagi qoidalarga muvofiqlashtirish va balandligi 90 va 120 metrga koʻtarilishi uchun qoʻnish tepaliklari yangilangan[3].
Minoralar kattaroq sakrash uchun 15 kun, kichikroq sakrash uchun 9 kun davomida tunu-kun uzluksiz ravishda betonni koʻtaruvchi va shakllarga quyuvchi tizim yordamida qurilgan.
Hozirgi rekord kanadalik Endryu Osadets tomonidan 90 metrga sakrashda 105 metr va finlandiyalik Veli-Matti Lindstryom tomonidan 120 metrga sakrashda 135,5 metrni tashkil etadi.
Manbalar
tahrir- ↑ FIS-Ski.com Standards for the Construction of Jumping Hills. (Wayback Machine saytida 2011-12-26 sanasida arxivlangan) 2008 article accessed 26 March 2011.
- ↑ Four Hills Tournament official website. Accessed 26 March 2011. (olmoncha)
- ↑ Nordic Tournament official website. (Wayback Machine saytida 2007-03-14 sanasida arxivlangan) Accessed 26 March 2011.