Larry Ellison

AQShlik tadbirkor, milliarder

Lawrence Joseph Ellison (talaffuzi: Lourens Yozef Elison, 17-avgust 1944-yil) – Amerikalik biznesmen va Oracle Corporation dasturiy taʼminot kompaniyasining asoschisi. 1977-yildan 2014-yilgacha Oracle kompaniyasining bosh ijrochi direktori boʻlgan va hozirda uning texnologiya boʻyicha bosh direktori va ijrochi raisi.

Laurens Yozef Ellison
Lawrence Joseph Ellison
Tavalludi 17-avgust 1944-yil (1944-08-17) (80 yosh)
Fuqaroligi AQSH
Turmush oʻrtogʻi Ada Quinn (1967—1974)
Nancy Wheeler (1977-1978)
Barbara Boothe (1983—1986)
Melanie Craft (2003—2010)[2][3]
Bolalari David Ellison
Megan Ellison
Onasi Florence Spellman[4]

2024-yil mart oyida Bloomberg Billionaires Index jurnali uni dunyodagi sakkizinchi eng boy odam deb baholadi. uning boyligi 130 milliard AQSh dollari miqdorida hisoblangan[5]. Forbes jurnaliga koʻra, dunyodagi beshinchi eng boy shaxs boʻlib, boyligi 154 milliard dollar miqdorida hisoblanmoqda[6]. Ellison Gavayi orollarining oltinchi yirik oroli boʻlgan Lānaʼi orolining 98 foiziga egaligi bilan tanilgan[7].

Biografiyasi

tahrir

Nyu-Yorkda tugʻilgan. Onasi yahudiy ayol Florens Spellman boʻlib, Lourensni 19 yoshligida dunyoga keltirgan. Uning otasi asli italyan boʻlib, Amerika havo kuchlarining uchuvchisi edi. Otasi Spellman homiladorligini anglashidan oldin chet elga yangi navbatchilik stansiyasiga ishga oʻtgandi. Toʻqqiz oylik Larry pnevmoniya bilan kasallanganida, onasi bolasiga toʻgʻri gʻamxoʻrlik qila olmasligini tushundi. Onasining iltimosiga koʻra, Chikagodagi onasining amakisi va xolasining qaramogʻiga topshirildi. Lili Spellman Ellison va Louis Ellison Larryni 9 oyligida asrab oldi. Ellison onasining ismini bilmagan va 48 yoshga toʻlganidagina u bilan uchrashgan.

Ellison Chikagoda oʻsgan, u yerda maktabda oʻqigan. Urbana va Champaigndagi Illinoys universitetida oʻqishni boshlagan. Farzand asrab olgan onasi vafot etgani sababli, ikkinchi kursdan keyin imtihon topshirmadi. Shimoliy Kaliforniyada doʻsti Chak Vays bilan oʻtkazgan yozdan soʻng, Chikagoga qaytib keldi va Chikago universitetida bir semestr davomida oʻqidi. U yerda birinchi marta kompyuter texnologiyalari bilan tanishdi. 1964-yilda Kaliforniya shimoliga koʻchib oʻtdi.

1970-yillarning boshlarida Amdahl[en] va Ampex kompaniyalarida ishlagan. Uning Ampexdagi loyihalaridan biri Markaziy razvedka boshqarmasi uchun maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimini ishlab chiqish boʻlib, uni „Oracle“ deb atagan.

Ellisonga Edgar Coddning „katta umumiy maʼlumotlar bazalari uchun maʼlumotlarning relyatsion modeli“ maqolasi katta taʼsir koʻrsatdi. Bu relyatsion maʼlumotlar modeli boʻyicha birinchi ish hisoblanardi. U Ampex kompaniyasidagi ikki hamkasbi bilan birgalikda 1977-yili „Software Development Laboratories“ (SDL)ga asos solgan. 1979-yilda SDL Relational Software Inc deb oʻzgartirildi. 1982-yilda Oracle Database mahsuloti chiqqan.

1980-yillarda „Oracle Database“ning yangi versiyalarini chiqardi. 1986-yilda Oracle aksiyalari birjaga chiqarila boshlandi va uch yil ichida kompaniya oʻz sotuvlarini oʻn barobar oshirib, 584 million dollarga yetkazdi. Biroq, 1990-yilda kompaniya qiyinchiliklarga duch keldi va yuzlab xodimlarini ishdan boʻshatishga majbur boʻldi.

2014-yil sentyabr oyida Oracle korporatsiyasining bosh direktori lavozimini tark etdi. Bu lavozimda deyarli 38 yil – korporatsiya tashkil etilganidan beri ishlagandi. Ammo Oracle korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi va texnologiya bosh direktori boʻlib qoldi. Ushbu lavozimda Oracle uchun dasturiy taʼminot va apparat vositalarini ishlab chiqishni boshqarish uchun masʼul boʻlib qolgan[8][9].

Ellisonning nomi Forbes jurnalida birinchi marta 1986-yilda paydo boʻlgan, oʻshanda uning boyligi 185 million dollarga baholangandi. 2000-yilda dot-com halokatidan oldin texnologiya kompaniyalari bahosining eng yuqori choʻqqisida kompaniyaning qiymati taxminan 48 milliard dollarni tashkil qilgan. 2012-yil sentyabr holatiga koʻra, boyligi 44 milliard dollarga baholangan[10][11].

Ellison 4 marta uylangan[12]. Uning rafiqalari: Ada Quinn (1967-1974), Nensi Uiler (1977-1978), Barbara But (1983-1986), Melani Kraft (2003-2010)[13]. Uning Barbara But bilan nikohidan ikki farzand tugʻildi: Devid va Megan. Ular mos ravishda Skydance Media va Annapurna Pictures kino prodyuseri va asoschilari[14][15].

Manbalar

tahrir
  1. Larry Ellison Biography — Academy of Achievement
  2. Symonds, Matthew. Softwar: An Intimate Portrait of Larry Ellison and Oracle. Simon & Schuster, 2003 — 57, 64, 310, 337, 348–50, 64, 349–53, 65, 84, 341–42, 347, 352–54-bet. ISBN 0-7432-2504-X. Qaraldi: 2010-yil 14-avgust. 
  3. IMDB bio
  4. (unspecified title)
  5. „Bloomberg Billionaires Index: Larry Ellison“. Bloomberg. Qaraldi: 2023-yil 5-noyabr.
  6. „The world's real-time billionares“. Forbes. Qaraldi: 2024-yil 14-mart.
  7. Mooallem, Jon. „Larry Ellison Bought an Island in Hawaii. Now What?“. The New York Times (2014-yil 23-sentyabr).
  8. , arxivsana= parametri ham koʻrsatilishi zarur. „Ларри Эллисон уходит с поста генерального директора Oracle, который он занимал 37 лет, но остаётся работать в компании“ (ru). iXBT.com (2014-yil 19-sentyabr). 2014-yil 24-sentyabrda asl nusxadan [ arxivlangan]. Qaraldi: 2021-yil 7-oktyabr.
  9. 10 bogateyshix lyudey mira. Reyting Forbes (Wayback Machine saytida 2024-03-20 sanasida arxivlangan). // Forbes.
  10. „Самый богатый — Билл Гейтс, самый быстро богатеющий — Лари Эллисон, глава корпорации Oracle“ (ru). Финансовая газета. 2014-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-sentyabr.
  11. Bogateyshie lyudi mira – 2016: reyting Forbes (Wayback Machine saytida 2017-08-19 sanasida arxivlangan). // Forbes.
  12. . 
  13. CNN Money: „Larry Ellisonʼs surreal year“ By Adam Lashinsky
  14. „IMDB bio“. 2012-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-sentyabr.
  15. Masters, Kim. „Producer Siblings Megan and David Ellison Betting Big on Holiday Box Office“. The Hollywood Reporter (2012-yil 5-dekabr). 2014-yil 18-fevralda asl nusxadan [ arxivlangan]. Qaraldi: 2014-yil 24-yanvar.