«Dievs, svētī Latviju!» (oʻzb. «Tangrim, Latviyani qoʻlla!») — Latviya Respublikasining davlat madhiyasi hisoblanadi.

oʻzbekcha: «Tangrim, Latviyani qoʻlla!»

Latviya bayrogʻi Latviya davlat madhiyasi
Soʻz muallif(lar)i Karlis Baumanis
Bastakor Karlis Baumanis, 1873-yil
Qabul qilindi 1920-yil, 7-iyun

Madhiya soʻzlari va musiqasi Latviyaning eng mashhur shoir va bastakorlaridan biri — Karlis Baumanis tomonidan 1873-yilda yaratilgan. Ushbu madhiya ilk bor 1873-yilning yozida Rigada boʻlib oʻtayotgan birinchi umumxalq qoʻshiqlar bayramida yangragan. 1920-yilning 7-iyun kuni ushbu madhiya Latviya Respublikasi davlat madhiyasi deb rasman eʼlon qilindi.

Latviyani Sovet Ittifoqi bosib olganidan keyin 1940-1990-yillarda Latviya hududida «Latviya SSR madhiyasi» ishlatib kelingan. Latviya mustaqillikga erishganidan soʻng yana ushbu madhiya qoʻllanila boshlandi va rasman davlat madhiyasi deb eʼlon qilindi.

Madhiya matni tahrir

Latish tilida tahrir

Dievs, svētī Latviju,
Mūs' dārgo tēviju,
Svētī jel Latviju,
Ak, svētī jel to!
Kur latvju meitas zied,
Kur latvju dēli dzied,
Laid mums tur laimē diet,
Mūs' Latvijā!

Oʻzbekcha tarjimasi tahrir

Tangrim, Latviyani qoʻllagin,
Bizning aziz vatanimizni,
Ha, qoʻlla Latviyani,
Ha, qoʻlla uni!
Latviya qizlari gullar,
Latviya oʻgʻillari kuylar,
Bizni shodlikda oʻynashga ber,
Latviyamizda!

Manbalar tahrir