Laura R. Smit[1] (1988-yilda tugʻilgan),[2] avvalgi ismi Laura R. Ross,[3] — amerikalik ayol shaxmatchi. Lekin bugungi kunda oʻz shaxmat faoliyatini yakunlagan, maktab oʻqituvchisi sifatida dars beradi.

Laura Ross

Ross 2003-yilgi AQSh shaxmat chempionatida
Toʻliq ismi Laura R. Ross
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Tugʻilishi 1988 (yoshi 35–36)
Saravha Ayol shaxmat ustasi
FIDE reyting [1] (fevral 2024) 2129 (may 2013-yil)[4]
Yuqori reytingi 2179 (iyul 2006-yil)[4]

Shaxmatdagi faoliyati tahrir

Laura ayol FIDE ustasi unvoniga ega[2]. 2011-yil sentabr holatiga koʻra, uning FIDE reytingi 2142 edi Laura Smitt endilikda faol oʻyinchilar qatoriga kirmaydi, lekin u shaxmat oʻynashdan hamisha zavq oladi. Shu tufayli ham, Laura mustaqil ravishda shaxmat oʻynashdan maktab oʻquvchilari va kichik yoshdagi bolalarga dars beradi.

1998-yilda Laura Ross 10 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida sakkizinchi oʻrinni zabt etdi.

Ross Amerika Qoʻshma Shtatlari shaxmat federatsiyasi tomonidan eʼlon qilingan erkak va ayol shaxmat oʻyinchilarning „Eng yaxshi 100 oʻyinchi“ roʻyxatini boshlab bergan birinchi amerikalik ayol boʻldi. 2002-yil aprel oyida u AQShda eng yuqori natijalar bilan baholangan 13 yoshli erkak va ayol shaxmatchi sifatida etirof etildi[3].

Laura Binghamton universitetini muvaffaqiyatli tamomlagan. Bakalavr darajasiga erishgach, magistr diplomini ham olgan.

Kollejni tugatgandan soʻng, Laura "Maktablarda shaxmat " notijorat tashkilotida dars bera boshladi. U dars berishni shunchalik yaxshi koʻrardiki, hatto, bolalar taʼlimi boʻyicha magistrlik darajasini oldi. U hozir Bruklindagi 3-sinf oʻqituvchisi va maktabda shaxmat jamoasini tashkillashtirish hamda boshqarish bilan shugʻullanadi. Shuningdek, mazkur maktab shaxmat jamoasi aʼzolariga oʻzi ustozlik qiladi.

Professional aloqalar tahrir

  • FIDE Butunjahon shaxmat federatsiyasi
  • AQSh shaxmat federatsiyasi
  • Maktablarda shaxmat darslari

Professional yutuqlar tahrir

  • Ayollar FIDE ustasi
  • FIDE 2142 ball (2011-yil sentabr oyi).
  • AQShning eng yaxshi ayol shaxmatchisi roʻyhatida 11-oʻrinda

Mukofotlar tahrir

  • Ayollar oʻrtasidagi AQSh chempionati (San-Diego CA): USCF Chess-Scholar mukofotini qoʻlga kiritdi; u tanlovda 2-oʻrinni egalladi;
  • Pan-Amerika chempionati (Kordoba, Argentina): 14 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi;
  • Ketma-ket 8 yil davomida AQSH yoshlar shaxmat jamoasidan joy oldi. 3 marta eng yaxshi oʻntalikka kirgan, WFM Laura Ross (2011-yil 7-sentabrdan)

Manbalar tahrir

  1. „LAURA R SMITH“. uschess.org. United States Chess Federation. Qaraldi: 7-dekabr 2021-yil.
  2. 2,0 2,1 „Ross, Laura R“. ratings.fide.com. FIDE. 2012-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2004-yil.
  3. 3,0 3,1 „Top 100 13 Year olds, April 2002“. uschess.org. United States Chess Federation. — „Ross, Laura R“. 2002-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentabr 2005-yil.
  4. 4,0 4,1 „Rating Progress Chart: Ross, Laura“. ratings.fide.com. FIDE. Qaraldi: 7-dekabr 2021-yil.