Lavhul mahfuz (arab. — qoʻriqlanuvchi lavh) - diniy manbalarga koʻra, maxluqotlar taqdiri yozilgan kitob. Rivoyatlarga qaraganda, Alloh hamma narsadan oldin mazkur Lavh bilan qalamni yaratib, to qiyomatgacha yaratadigan narsalarini va boʻlajak ishlarni, ilohiy kitoblarni, taqdir va qazoni ham Lavhga bitib qoʻygan." Qalamlar koʻtarilgan, sahifalar qurigan" (Termiziy rivoyati). Ushbu hadisga koʻra unda yozilgan maʼlumotlar hech qachon oʻ zgarmaydi. Ahli sunna va jamoa mazhabiga binoan balogʻatga yetgan musulmonga Alloh taolo bandalarning hamma ishini avvaldan bilishiga iymon keltirishi vojib boʻladi. Taqdir bu johil kishilar oʼylaganidek, Alloh tomonidan bandani majbur qilish yoʼq, Balki, Alloh taolo tomonidan banda nima qilishini oldindan bilish bor. Alloh taolo qiyomatgacha nima boʻlishini biladi. Agar ularni bilmasa, U zotning sifati kamoliyasiga nuqson yetgan boʻladi. Allohning ilmi chegara bilmasdir. Alloh taolo aybu nuqsondan pok.[1]

Manbalar tahrir

  1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.http://savollar.islom.uz/s/22305