Laylo
oʻzbekistonlk xonanda
(Laylo Aliyevadan yoʻnaltirildi)
Laylo (toʻliq ism-sharifi: Laylo Muzaffarovna Aliyeva; 1975-yil, Samarqand, Oʻzbekiston SSR – 1998-yil 1-may, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik xonanda. Xonanda 1998-yil 1-may kuni Toshkent shahridagi oʻz uyida oʻldirib ketilgan. Tanasida 33 ta pichoq izi aniqlangan[1].
Laylo | |
---|---|
Tavalludi |
25-noyabr 1975-yil Samarqand, Oʻzbekiston |
Vafoti |
1-may 1998-yil (22 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | xonanda |
Shaxsiy hayoti
tahrirLaylo oilasida bir oʻgʻil, uch qiz farzand boʻlishgan. Bolaligi Toshkent shahrida oʻtgan. Yoshligidan raqs tushishga juda qiziqqan. 10 yoshida oromgohda oʻtkazilgan goʻzallik tanlovida yuqori oʻrinni qoʻlga kiritgan. Oʻrta maktabda 3-sinfligidan xoreografiya bilim yurtida tahsil olgan. Qoʻshiq aytish sirlarini Toshkent Davlat konservatoriyasida Saodat Qobulovadan oʻrgangan[2].
Qabri Toshkent shahridagi Yakkasaroy qabristonida.
Manbalar
tahrir- ↑ „В память узбекской певицы Лайло Алиевой“ (ruscha). centre1.com. Центр-1 (2018-yil 27-fevral). 2022-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
- ↑ Лайло Алиева Биографияси оиласи угли хёти ёшлиги улими YouTubeda // TANIQLI.