Laymli shoʻrva
Laymli shoʻrva (ispancha: Sopa de lima — Meksikaning Yukatan shtati anʼanaviy taomi boʻlib, tovuq yoki boshqa goʻsht turidan, masalan, choʻchqa yoki mol goʻshti, laym sharbati qoʻshib tayyorlanadi va tortilya chipslari bilan birga dasturxonga tortiladi.
Tarixi
tahrirLaymli shoʻrva — Yukatanning anʼanaviy taomi. Yukatanning anʼanaviy oshxonasi tarixi Lotin Amerikasi va mayya madaniyatiga borib taqaladi. Yevropadan olib kelingan jonivorlar goʻshti, ziravorlar, pishirish usullari va koʻplab mahalliy mahsulotlarni uygʻunlashtirish laymli shoʻrva kabi koʻplab taomlarning paydo boʻlishiga olib keldi[1]. Laymli shoʻrva birinchi marta 1946-yilda Katun (mayya tilida „jangchi“ degan maʼnoni anglatadi) ismli oshpaz tomonidan pishirilgan[2]. Bugungi kunda u Yukatanning eng mashhur shoʻrva turlaridan biri hisoblanadi.
Tayyorlanishi
tahrirMashhurligi nafaqat Meksikada, balki butun dunyoda tan olingan shoʻrvaning oʻziga xos taʼmi pirovardida aniq retsept va mahsulotlarning uygʻunligiga bogʻliq[3]. Taomdagi asosiy tarkibiy mahsulot laym emas, lekin aynan u shoʻrvaga takrorlanmas lazzat beradi. Ushbu meva mavsumi sovuq oylardan boshlanadi.
Shoʻrva tovuqning lahm goʻshti yoki boshqa goʻsht turi, bulyon, laym, pomidor, bulgʻor qalampiri, piyoz, tortilya va boshqa mahsulotlar asosida tayyorlanadi[4].
Odatda laymli shoʻrva kechki ovqatga tortiladi. Taom chuqurroq idish ichiga solinadi, tortilyalar qarsildoq holatini saqlab qolishi va hoʻl boʻlmasligi uchun alohida idishda beriladi. Shu bilan birga ularni shoʻrvaga qoʻshish ham mumkin, bunday holatda ular hoʻl boʻlib, ugra kabi koʻrinishga keladi[5].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Merida, Gobierno „Historia de Merida, Yucatan,México.“. merida.gob.mx. Gob Merida (2016). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-oktyabr.
- ↑ Tortilla, Digital „Yucatan“. Tortilla digital. Tortilla digital (2015). 2021-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Sopa de Lima“. Alto Nivel (2013-yil 8-noyabr). 2016-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-oktyabr. (Wayback Machine saytida 2016-11-22 sanasida arxivlangan)
- ↑ DE CARAZA CAMPOS, LAURA B. „Comida Yucateca“. mexicodesconocido.com.mx. Mexico Desconocido. 2021-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-noyabr.
- ↑ „Мексиканский лаймовый суп“. 2021-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-aprel.